ⓘ Bastardo - Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi ortacha, bazan zaifroq osadi. Uzum boshi silindr konussimon shaklda, kichik, tigiz, bandi qisqa, v ..

                                     

ⓘ Bastardo

Bastardo - Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi ortacha, bazan zaifroq osadi. Uzum boshi silindr konussimon shaklda, kichik, tigiz, bandi qisqa, vazni 90 - 120 g. Gujumi mayda, dumaloq, qora, sershira, pusti pishiq. Faol harorat yigindisi 2900 - 3100° bolganda 145 - 150 kunda pishadi. Sentabrning 2-yarmida yetiladi, tarkibidagi qand 28 - 32% ga yetadi. Hosiddorligi 100 - 120 s/ga. Sovuqqa chidami ortacha. Kasallik va zararkunandalarga chidami past. Novdalari ortacha uzunlikda kesilib, kamroq qoldiriladi. B. bilan Saperavi navini chatishtirib chiqarilgan Magarach bastardosi navi koproq ekiladi.