ⓘ Bachadon tushishi – bachadon va diloqning oz ornidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon tola yoki qisman tu-shishi mumkin. Koproq yoshi k ..

                                     

ⓘ Bachadon tushishi

Bachadon tushishi – bachadon va diloqning oz ornidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon tola yoki qisman tu-shishi mumkin. Koproq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi.

Ichki jinsiy azolarni oz ornida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy azolarning rivojlanmay qolishi, tug-ruq asoratlari, organizm toqimalarining boshashishi va boshqa sabab boladi. Bachadon tushishi natijasida chanoqdagi boshqa azolar: qovuq, togri ichak devori ham siljiydi. Bachadon tushganda belda ogriq pay-do boladi, kop oqchil keladi, yurish qiyinlashadi. Agar bachadon tola tushgan bolsa, bemor siyishga qiynaladi, chunki siydik yoli bekilib qoladi, bunda kuchli ogriq, bazan bachadonning yalliglanish kasalliklari va bachadon boynida turli yarachaqalar hosil boli-shi kuzatiladi. Bemorning ahvoliga qarab davo tayinlanadi, zaruriyat bolsa operatsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda operatsiya yangi – laparoskop apparati yordamida yengil otkazilmoqda. Operatsiya qilish mumkin bolmasa, bachadon xalqasi kolsodan foydalanish tavsiya etiladi, buni faqat vrach ginekolog buyuradi. Bachadon tushishining oldini olish uchun, uning ilk alomatlari sezilganda dar-hol ginekologga korsatish va buyurganlarini bekam-kost bajarish lozim; bunda eng muhimi chilla davri tartibiga qatiy rioya qilishdir.

Bachadon tushishi hayvonlarda hamuchraydi. Bunda bachadon agdarilib, tashqariga chiqib qoladi. U, asosan, hayvonlarning vaqtidan otib tugishi, buzoq va yoldoshning qiyinlik bilan tortib olinishi, hayvon tuqqandan keyin tolgoqning zorayishi natijasida sodir boladi. B. tushganda jinsiy yoriqdan qizil goshtdor narsa chiqib, pochaning yuqorisigacha osilib qoladi. Oz vaqtida yordam berilmasa, bachadon qorayib, toq qizil rangga kiradi, song nekroz hosil boladi. Davolash: sigirning chanoq to-monini yelkasiga qaraganda balandroq qilib qoyib, bachadondan yoldosh aj-ratiladi. Tolgoqni pasaytirish uchun 1% li novokain eritmasidan 20 – 30 ml yuboriladi. Bachadon achchiqtosh eritmasi yoki kaliy permanganatning kuchsiz 1:4000 – 6000 eritmasi bilan yuviladi. Bachadonni togrilash uchun qin lablariga yaqinroq joyni qol bilan qisib, chanoq boshligiga kirgiziladi.