ⓘ Bachadondan tashqari homiladorlik – uruglangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Uruglangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab ..

                                     

ⓘ Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadondan tashqari homiladorlik – uruglangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Uruglangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining ozida, tuxumdon yoki qorin boshligida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalliglanishga xos ozgarishlar boli-shi oqibatida ular ozining asosiy funkiiyasi, yani uruglangan tuxum hujayrani bachadon boshligiga otkazish qobiliyatini yoqotadi, natijada uruglangan tuxum hujayra shu joyning ozida taraqqiy etadi. Kopincha ayollar jinsiy azolari kasalliklari, infantilizm, bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va boshqa sabab boladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bos-qichi hamda homiladorlikning muddatiga bogliq. Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning hamma xilida ham kindan qonli chiqindi ajraladi, bazan qon ketishi, qorin pastila ogriq, boshashish, bosh aylanishi, kongil aynishi, rang ochishi kuzatiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik h. bachadon nayida bolsa, homiladorlikning 4 – 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab bolmaydigan ogriq bolib, hatto hushdan ketish mumkin. Kop qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilin-mas u radi. Ogirroqhollarda shok roy berishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik h.ga gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyadan keyin malum muddatgacha yalliglanish kasalliklarini oz vaqtida da-volatish, vaqt-vaqti bilan muntazam tibbiy korikdan otib turish Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.