ⓘ Baqalar, baqasimonlar - dumsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar oilasi. Tanasining uz. 3 sm dan 20 sm, bazan 32 sm gacha. Tishlari yuqori jaglarida joy-lash ..

                                     

ⓘ Baqalar

Baqalar, baqasimonlar - dumsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar oilasi. Tanasining uz. 3 sm dan 20 sm, bazan 32 sm gacha. Tishlari yuqori jaglarida joy-lashgan. Tanasi ixcham, orqa oyoqlari nisbatan uzun. 46 urugi 555 turi malum. Jan. Amerika, Jan. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari yer yuzining hamma qitalarida keng tarqalgan. Evolyatsiya jarayonida sodir bolgan adaptiv radiatsiya tufayli bu oila bir necha filogenetik guruhlarga, 8 kenja oilaga bolingan. Ularning asosiysi asl B. urugi 200 turni, shu jumladan uz. 32 sm, ogirligi 3.5 kg keladigan goliaf baqasini va hokiz-baqani oz ichiga oladi. Asl B.ning orqa oyoqlaridagi barmoqlari orasida pardasi, tilining orqa erkin uchida ayrisi boladi. Olja ushlayotgan B. tilining orqa tomonini otadi. Asl B., yashil baqa, hovuz baqasi, otkir tumshuq baqa Yevropaning sharqiy qismida uchraydi. Orta Osiyo, jumladan Ozbekistonda asl B.ning faqat bir turi - kol baqasi tarqalgan. Bu tur Kavkaz, Qozogiston va Yevropa mamlakatlarida ham uchraydi. Kol baqasining suvda yashaydigan shakli yashil, quruqlikda yashaydigan shakllari esa qongir tusda boladi. B.ning bir qancha turlari, suv havzalari yaqinidagi nam joylarda yashab, faqat kopayish davrida suvga tushadi, boshqalari asosan suvda yashaydi va ormon hamda dasht mintaqalaridagi suv havzalarida tarqalgan. B. odatda juda harakatchan bulib, faol hayot kechiradi. Qanotli hasharotlar, yirik B. esa mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Ayrim B. suv havzalari tubidagi balchikda, boshqalari quruqlikdagi pana joylarda yashaydi. Asosan suv havzalariga tuxum qoyib kopayadi. Urgochisi 500 dan 11 minggacha tuxum qoyadi. Kopchilik B. kopayish davrida har xil ovoz chiqarib sayraydi. B. ovozi har bir tur va jineda oziga xos boladi. Ayrim B. kopchilik mamlakatlarda pishirib istemol kilinadi. B. lab. tekshirishlari uchun asosiy obyekt hisoblanadi. Shim. Amerikada uchraydigan leopard B. Xalqaro Qizil ki-tobga kiritilgan.