ⓘ Baqaqurilloqlar -dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa bolingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada ko ..

                                     

ⓘ Baqaqurilloqlar

Baqaqurilloqlar -dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa bolingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada koproq tarqalgan. Ozbekistonda uchramaydi. B., asosan, daraxtlarda yashaydi. Shuning uchun ular daraxt baqasi deb ham ataladi, barmoqlarining uchidagi disksimon yumshoq bezli plastinkasi B.ning daraxt shoxi va bargiga yopishib turishiga yordam beradi. Xaltachali baqaqurilloq miHr urgochisi 200 tacha tuxumini orqasidagi xaltachada olib yuradi. Tuxumidan chiqqan itbaliqpari metamorfoz davrini suvda tugallaydi. Boshqa bir turi baqaga aylangandan ke-yii ona xaltachasidan chiqadi. Temirchi-baqaqurilloq tuxumini hasharotlardan saqlash uchun kolmak suv yoki nam yerda "qora" yasab, shunga quyadi. Fillomeduza kabi bazi turlari suv tepasida osilib turgan osimlik barglarini naycha qilib oraydi va uning ichiga yigilgan suvga tuxum qoyadi. Rossiyaning janubida, Ukraina va Kavkazda oddiy B. yoki daraxt baqasi yashaydi. Daraxt baqasining tanasi 4 - 5 sm cha, rangi kom-kok bolib, ozgarib turadi. Yirik bargli daraxtlar va butalar ustida hayot kechiradi. Uvildiriq tashlash uchun suvga tushadi. Uzoq Sharqda yapon baqaqurillogi tarqalgan.