ⓘ Baqorilar - eng qad. hasharotlar turkumi. Perm davridan malum. Qanotlari ikki juft, torsi-mon va shaffof, yoyilganida 10 - 80 mm keladi. Boshi yirik, moylovlari ..

                                     

ⓘ Baqorilar

Baqorilar - eng qad. hasharotlar turkumi. Perm davridan malum. Qanotlari ikki juft, torsi-mon va shaffof, yoyilganida 10 - 80 mm keladi. Boshi yirik, moylovlari uzun. ogiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Kopchilik turlarining yetuklik davrida ogiz organlari reduksiyaga uchraydi. Lichinkasi suvda, yetuk davrida quruqlikda yashaydi. U 1 - 3 yil davomida rivojlanib, voyaga yetadi. Yetuk davrida bir necha kundan bir necha haftagacha yashaydi. Urgochisi suv ustida uchib yurib, tuxumini suvga tashlaydi. Tuxumlari suv tubida rivojlanadi. Voyaga yetayotgan lichinkalar suvdan chiqib tullaydi va qanot chiqarib, yetuk hasharotga aylanadi. Kopchilik turlarining qanotlik davri bahor fasliga togri keladi. Yetuk hasharotlar tuxum qoyib halok boladi. B. ifloslanmagan oqar suvlarda, ayniqsa tog daryolari va soylari tubida kop uchraydi. Suvdagi har xil mikroorganizmlar bilan oziklanadi, ayrim turlari yirtqich. B.ning 2000 ga yaqin, jumladan Orta Osiyoda 50 dan ortiqturi malum. Kopchilik turlari Orta Osiyo faunasi uchun endemik hisoblanadi. Ozbekistonda 25 ga yaqin turi tarqalgan. B. baliqlarning asosiy ozigi gisoblanadi.