ⓘ Bagdod miniatyurasi – 10 -13-asrlarda arab qolyozmalariga ishlangan rasm va bezaklar, arab mamlakatlarida xalifalik iiqirozidan keyingi davrlarda yuzaga kelgan ..

                                     

ⓘ Bagdod miniatyurasi

Bagdod miniatyurasi – 10 -13-asrlarda arab qolyozmalariga ishlangan rasm va bezaklar, arab mamlakatlarida xalifalik iiqirozidan keyingi davrlarda yuzaga kelgan oziga xos uslub va mazmunga ega bolgan tasviriy sanat turi. Orta asrlarda Yaqin Sharq ras-somligi taraqqiyotida muhim bosqichni tashkil etgan Bagdod miniatyurasi Misrdan kochib otgan rassomlar, sharqiy xristian do-iralari sanati, Eron badiiy ananalari, Sharqiy Turkiston hududidagi manixey va budda sanatlari tasirida shakllangan. Bezak butunligiga institutilish, tasvirni tekis yuzali qilib ishlash xos bolgan. Qolyozma kitoblarga ishlangan rasmlarda memoriy obilalar mukammal tasvirlanib, manzaraga shama qilingan, u ramziy ifodalangan. Kochirilib bezatilgan qolyozmalardagi Vizantiya sanati tasirida yaratilgan bezaklarda sa-roy hayotidan olingan dabdabali lavhalar aks ettirilgan. Ilmiy qolyozmalar, risolalarga ishlangan bezaklar va oquv jadvallari aniq va ixcham, tasvirdagi harakat ifodali, ozgina detallar bilan joyning belgilanishi, ifodali boyoq doglari va chiziqlari bilan diqqatga sa-zovor. Bagdod miniatyurasining yetuk na-munalari – Haririyning "Maqomlar"iga ishlangan rasmlarga shaharlik Abu Zaydning kechmishlari asos qilib olingan. Shahar va qishloq hayotidan ishlangan janrli lavhalar jonli, ifodali, tasirchan va mahorat bilan erkin ishlangan. Eron va Orta Osiyo ras-somligining keyingi taraqqiyotiga 14 a. musavviri Junayd Sultoniyning ijodi sezilarli tasir korsatgan. Bagdod miniatyurasining badiiy uslu-bi sodda, rasmlarda mayda va ikkinchi darajali bolaklar yoq. Mugullar davlatining tuzilishi tufayli inqirozga uch-ragan. Bagdod miniatyurasi maktabiiing keyingi taraq-qiyoti yangi madaniy jarayonlar bilan bogliq holda kechgan.