ⓘ BAGLON – Toharistonichnt eng qadimgi shaharlaridan biri. Milodning boshlarida u yerda Podsho Kanishka Muzaffarning ibodatxonasi joylashgan, uning harobalari Afg ..

                                     

ⓘ Baglon

BAGLON – Toharistonichnt eng qadimgi shaharlaridan biri. Milodning boshlarida u yerda "Podsho Kanishka Muzaffarning ibodatxonasi" joylashgan, uning harobalari Afgonistondagi hozirgi Baglon shahri yaqinida. baland Surx kotal tepaligida saqlanib qolgan. U yerdan katta baqtriy yozuvida bitilgan toshtaxta topilgan, unga kora bu ibodatxona milodiy 1-asrdagi Kushon podshosi Kanishka tomonidan qurilgan. 7-asrda xi-toy sayyohi Syuan Szan Toharistonda Po-kyelang mulkini qayd etib otadi, u ilk orta asrdagi B.ga togri keladi. B. yaqinidagi tepalikdan kushonlarning buddaviylikka oid tosh rslyeflari topilgan. Bu yerdan sal narida murabba shakldagi Shom qala tepaligidan buddaviylikka oid tosh kapitellar va us-tunlarning asosi topilgan. Bular kushonlar davrida B. Baqtriya-Toharistonning yirik liniy markazlaridan biri bolganidan darak beradi.

Orta asr manbalarida B. bazan Baqlon shaklida ham uchraydi. Samoniyning yozishicha, B. shahri ikki qismdan – yuqori B. va quyi B.dan iborat bolgan, ularning har biri alohida shahar – "balda" hisoblangan. 9 – 10-asrlarda quyi B.da jome masjidi bolgan. 10-asrda yuqori B.da mashhur istirohat yeri sa-nalgan "katta qishloq" bolgan. Bu yerda butun vodiy yam-yashil daraxtlarga burkangan, aholisi kop bolib, shaharga turli tomondan karvon yollari kslib tutashgan; ov qilish uchun qulay joy sa-nalgan. Beruniyggshgt yozishicha, 1 l-asrda u yerda baland bir tepalik bolib, uning tepasida zaharli quziqorinlar osgan. Kuyi B. mamuriy markaz bolib, unda hokim saroyi joylashgan. B. qadimgi nomini shu kungacha saklab qolgan bolib Baglon daryoning Kunduzdaryoga quyiladigan yeriga yaqin joylashgan. U yerda shi-fobaxsh Chashmai Shir bulogi mavjud. 13-asr boshida B.ni mogullar bosib olgan. Mogullardan keyingi davr manbalarida B. yirik shahar sifatida qayd etilgan.