ⓘ Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. ..

                                     

ⓘ Bahouddin Naqshband

Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi.

                                     

1. Tugilgan joyi va kelib chiqishi

U tugilgan qishloq Qasri Hinduvon keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari togrisida aniq malumot yoq. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad paygambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11chi Imom Xasan al Askariyni ikkinchi ogli Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi. Otasi Muhammad Buxoriy toquvchi hamda oyma naqsh soluvchi naqshband bolgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosi Sayyid Jaloliddin Buxoriyning alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilo-hiyotga katta qiziqish uygotdi.

                                     

2. Pirlari

Bahouddin Naqshbandning birinchi piri – ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni orinbosarlaridan bolmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini orgatib bolgandan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yas-saviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bolmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, yani hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan talim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bolgan, ayni chogda Qusam shayx ham uni oz oglidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqparda sufiylik bilan otgan. U ikki marta haj qilgan. Garibona hayot kechirgan, faqat oz mehnati – kimxobga naqsh gul solish bilan kun korgan. Xizmatkor yoki qul saklashni gunoh deb bilgan.

                                     

3. Talimoti

Bahouddin Naqshband xalq orasida "Balogardon" yani duo bilan baloqazoni daf qiluvchi unvoni bilan ham mashhur. Oz talimotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduholiq Gijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Talimotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba kor" "Kongil Xudoda bolsin, qoling mehnatda" degan shior yotadi.

                                     

4. Dinga hissasi

Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bolgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, motadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish kongil bilan amalga oshishi kerak. Qol esa ish – mehnat bilan band bolaversin. Bahouddin Naqshbandning tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qol silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi goyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib bornshini taminladi.

                                     

5. Nashband maqbarasi

Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga otirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband daxmasini ziyorat qilishgan. Abdulazizxon 1544 yil Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-asrda Xoja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik raxdimosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zagiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya goyalari keng va at-roflicha targib etildi.

                                     

6. Nashqbandni organish

Bahouddin Naqshband haqida, uning talimoti xususida, naqshbandiy shayxlar togrisida talay asarlar yaratilgan. Birgina Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qolyozmalar xazinasining ozida naqshbandiyaga doir 195 kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning "Anisu-t-tolibiyn va uddatu -s-solikiyn" "Toliblar oshnasi va soliklar rahnomasi" asari 1383da Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kash-fu karomatlari va purhikmat sozlaridan namuialar beriladi. Bu asar "Maqomati hazrati Xojai naqshband" nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat "Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband" "Xoja Bahouddin Naqshban-dning tarif va tavsiflari" asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning tarifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli sozlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan baxramand bolish mumkin.



                                     

7. Hozirgi kunda

Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi 1993 munosabati bilan Ozbekistonda B.N. talimotini organishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat unti huzurida "Naqshbandiya" ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yolga qoyildi. Buxoro davlat muzey-qoriqxonasida ham "Naqshbandiya" markazi tuzildi.

                                     

8. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • K6ul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali, Bahruddin Balogardon, T., 1993; Idris shoh, Na-qshbandiy tariqati, T., 1993; Nasafiy, Hazrat Bahouddin Naqshband, T. 1993;Sadrildin Salim Buxoriy, Dilda yor, T., 1993; Qayumov A., Bu ogang ila bolga-sen Naqshband., T., 1993; Izzat Sulton, Bahouddin Naqshband abadiyati. T., 1994; Sultonmurod Olim, Naqshband va Navoiy, T., 1996.
                                     
  • Bahouddin majmuasi shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira ansambl Buxoro viloyati, 16 - asr Mozor Abdulazizxon buyrug i bilan tartibga solinib
  • chuqur o rgangan. Bahouddin Naqshband uni shogirdlikka qabul qilgan va porso taqvodor, dindor taxallusini bergan. Bahouddin Naqshband vafotidan so ng
  • xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tug ilganda uni ma naviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shug ullanishni
  • qarorgoxlari mac, Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy, Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari da Chilla o tirish uchun alohida hujralar bo lgan
  • Kulolchilik bilan shug ullangan nomi shundan Uning 114 xalifasi bo lib, Bahouddin Naqshband Shamsuddin Kulol Amir Temurning piri Xoja Orif Deggaroniy eng
  • masjidini mukammal ta mirlatgan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohida 2 qavatli xonaqo 1544 - yil qurdirib, Bahouddin dahmasi atrofini hazira bilan o rab
  • tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband Sh.m. deb ataladilar. Sharq manbashunosligi lug ati. - T.: 2013.
  • sifatida Abulqosim madrasasi Toshkent Ulug bek madrasasi Buxoro Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Bakr me moriy majmuasi, Buxoro namozgohi, Sayfiddin
  • Abduxoliq G ijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Muxammad Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband Xoja Ahror Valiy va h.k. Undan oldingi ulug pirlarga shayx unvoni
  • shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy Samarqand viloyati Bahouddin Naqshband Buxoro shahri Zangi ota Toshkent viloyati Ahmad Yassaviy Turkiston
  • masjidi, Til - lakori Madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirg ochbiy maqbarasini