ⓘ Bahrin – ozbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan birining nomi. B.lar mogullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib ornashgan. Abulgoziy Bahodirxonning Sha ..

                                     

ⓘ Bahrin

Bahrin – ozbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan birining nomi. B.lar mogullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib ornashgan. Abulgoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" asaridagi malumotlarga kora, mogul xoni Bichinkayonning Barin ismli ogli bolib, B.lar oshaning nayeli ekan. Etnograf V. V. Radlovnit takidlashicha, mangit sulolasiga mansub har bir bola-jak Buxoro xonini tort qabila – ming, alat, B. va batash vakillari kigizga otqazishib, tort uchidan baland kutarishgan. B.lar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol oynaganlar, yuqori davlat mansablariga taymn-laiganlar. 16–17-asrlarda B.larning katta bir qismi Dashti Qipchoqdan Toshkent vohasi, Fargona vodiysi, Buxoro xonligi hududiga kuchib otgan, kopchiligi otroklashib, qabila va uruglarini unutib yuborishgan. 1924 yil malumotiga bi-noan, Ozbekistonda 9 mingga yaqin B. bolgan. B.lar bir qancha uruglarga bolingan, eng yiriklari – bagonali, qoraqalpoq, uali.