ⓘ Boris Mixaylovich Beglov. Beglov Boris Mixaylovich - kimyogar olim, Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor. ..

                                     

ⓘ Boris Mixaylovich Beglov

Beglov Boris Mixaylovich - kimyogar olim, Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor.

                                     

1.1. Hayoti Bolalik va yoshligi

Beglov Boris Mixaylovich Tula viloyatining shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1941 - yilning oktabrida Novomoskovsk shahrini nemis askarlari bosib olgani sababli Beglov oilasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga evakuatsiya qilindi.

1955 - yilda Chirchiq sharining 8 - orta maktabini kumush medali bilan bitirdi.

1960 - yilda muhandis-texnolog malakasini oldi.

                                     

1.2. Hayoti Ish faoliyati

1963 - yilda OzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim bolib ishladi.

1970 - 1972 - yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi.

1982 - yilgacha institutning fan boyicha direktor orinbosari, songra 1989 - yilgacha institut direktori bolib faoliyat yuritdi.

Hozirgi kunda OzR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli ogitlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi bolib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, OzR Fanlar akademiyasining Ozbek kimyo jurnalining bosh muharriri orinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat." jurnalining tahririyat kengashi azosi bolib ish faoliyatini yuritmoqda.

                                     

1.3. Hayoti Ilmiy faoliyati

1964 - yilda 26 yoshlik Boris Beglov texnika fanlari nomzodligi ilmiy unvoni uchun Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida dissertatsiya yoqladi.

Oradan 11 yil otib 1975 - yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

1987 - yilda OzR Fanlar akademiyasining "Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi" mutaxassisligi boyicha azosi deb tanlandi.

2000 - yilda shu mutaxassislik boyicha Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi bolib tanlandi.

Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar qabul qilingan.