ⓘ Beyli Frederik - ingliz josusi, polkovnik. 1918 yil avg. da Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rah-bari. Diplomatlar safida ka ..

                                     

ⓘ Beyli Frederik

Beyli Frederik - ingliz josusi, polkovnik. 1918 yil avg. da Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rah-bari. Diplomatlar safida kapitan Blekker va Angliyaning Qashqardagi konsuli Makkartney ham bor edi. Ular Toshkentdagi AQSH konsuli R. Tredu-ell bilan hamkorlikda Oktyabr tontari-shiga qarshi ishlar olib borgan. B. Toshkentda Junkovskiy boshchilik qilgan maxfiy "Turkiston harbiy tashkiloti" bilan yaqin aloqada bolib, Toshkent, Samarqand, Fargonada sovetlarga qarshi qozgolonlar uyushtirish, Fargona va Xorazmda milliy istiqpolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashdi, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarog va boshqa yordam yetkazib berishda katta rol oynadi. "Turkiston harbiy tashkiloti" fosh qilingach, Turkistondagi ingliz-amerika josuslari qamoqqa olindi. B. esa Buxoro orqali chet elga otib ketdi.