ⓘ Becquerel. Bekkerel - fransuz fiziklari: Louis Alfred Becquerel 1814-1862 - shifokor va fiziolog; Alexandre-Edmond Becquerel 1820 - 91 - Antuan Sezarning ogli, ..

                                     

ⓘ Becquerel

Bekkerel - fransuz fiziklari:

  • Louis Alfred Becquerel 1814-1862 - shifokor va fiziolog;
  • Alexandre-Edmond Becquerel 1820 - 91 - Antuan Sezarning ogli, prof., Parij FA prezidenti 1880. Fotogalvanik effektni kashf qilgan, fosforessensiya, fotokimyo, fotografiya, atmosfera elektri va h. k. bilan shugullangan;
  • Jean Becquerel 1878 - 1953 - Antuan Anrining ogli. Parij FA azosi. Kristallar optik va magnitooptik hodisalarining ozgarishini tekshirgan hamda fotolyuminessensiya bilan shugullangan.
  • Henri Becquerel 1852 - 1908 - Aleksandr Edmonning ogli. Parij FA azosi 1889. Qattiq jismlar fizikasi, pyezoelektr hodisalari hamda yadro fizikasi sohalarida ishlagan. Uran tuzlarining tabiiy radioaktivligini kashf qilgan 1896. Nobel mukofoti laureati 1903; P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri bilan birgalikda;
  • Antoine César Becquerel 1788 - 1878 - Parij FA azosi. Ilmiy ishlari fluoressensiya, fosforessensiya, termoelektr, elektr kapillyarlik, moddaning magnit xossalari, kristallooptika, galvanik elementlar nazariyasi va moddaning elektr otkazuvchanligi masalalariga oid;