ⓘ Bekovich-cherkasskiy harbiy yurishi -Rossiya hukmdori Petr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga uyushtirilgan harbiy yurish. Harbiy yurishga Bekovich-Ch ..

                                     

ⓘ Bekovich-Cherkasskiy harbiy yurishi

Bekovich-cherkasskiy harbiy yurishi -Rossiya hukmdori Petr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga uyushtirilgan harbiy yurish. Harbiy yurishga Bekovich-Cherkasskiy rahbar boladi. Uning asl ismi Davlat Kizden mirza, choqintirilgach, Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. 1714 y. katga qoshin bilan Xiva va Buxoro xonliklarini bosib olish uchun jonatiladi. Turkman elchisi Xojanafas 1713 y. Astraxonda bolganida rus mamurlariga Xiva yaqinidagi Erket mavzeida oltin koni borligini aytadi. 1716 y. 14 fevda Bekovich-Cherkasskiy Petr I dan quyidagicha topshiriq oladi: Amudaryo eski ozanini tekshirib, uning qumida oltin boryokdigini aniqlash; Amudaryoning Orolga quyilish joyida istehkom qurish; Xiva va Buxoro xonlarini rus tobeligiga otkazish; Hindistonga boradigan savdo yolini organish. Petr I Bekovich-Cherkasskiy ixtiyoriga 4000 nafarli muntazam qoshin, 2000 nafarli yoyiq kazagi, bir necha dengiz zobiti, 2 muhandis, 2 savdogarni topshiradi. Bekovich-Cherkasskiy Astraxonda turib, Xiva xonligi shim. chegaralarini organadi; Kaspiy dengizi haritasini tuzadi. Evaziga gvardiyachi kapitan unvoniga erishadi. 1717 y. bahorida Bekovich-Cherkasskiy mayor Tevkeleevni Eron va Hindistonga josus qilib jonatadi; ozi esa on mingli koshin bilan Xiva xonligiga yurish kiladi. Xivadan 120 chaqirimcha bolgan Qayragoch darasida Shergozixonga 24 minglik qoshini bilan toqnashadi. Uch kunlik jangda har ikki tomon katga talofat koradi. Xon Bekovich-Cherkasskiyni muzoqara yuritish uchun Xivaga boshlaydi. Xivada xon dushmanni gaflatda qoldirish maqsadida muhim harbiy strategik hiyla - rus qoshinlarini besh shaharga bolib yuborishni taklif qiladi. Rus qoshinlari bolib yuborilgach, sarbozlar ularga tashlanib, barchasini qilichdan otkazadilar. Omon qolganlari borib, fojiani rus mamurlariga yetkazadilar. Xiva xoni Bekovich-Cherkasskiyni 1717 y. 29 avgda katl etadi.

Shu tarzda uning harbiy yurishi barbod boladi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Poslannik Petra 1 na Vostoke. Posolstva Florio Bsnevenk v Persiyu i Buharu v 1718 1725 gg., M., 1986.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Naim Norqulov.