ⓘ Bektoshiya - Turkiya va Albaniyada tarqalgan sufiylik tariqati. Kichik Osiyoda 13-asr oxiri - 14-asr boshida mahalliy turk kochmanchi va otroq aholisi orasida p ..

                                     

ⓘ Bektoshiya

Bektoshiya - Turkiya va Albaniyada tarqalgan sufiylik tariqati. Kichik Osiyoda 13-asr oxiri - 14-asr boshida mahalliy turk kochmanchi va otroq aholisi orasida paydo bolgan. Tariqatning nomi yarim afsonaviy Hoji Bektosh Rumiydan boshlanadi.

B. tariqatining haqiqiy asoschisi daydi vazxon va qalandar Hoji Bektosh Vali Nishopuri Xurosoniy 1208 - 1270 hisoblanadi. Uning silsilasi esa turkistonlik shayx Ahmad Yassaviyga, undan esa shia imomi Muso al-Kozimga taqaladi. B. azolari shialardek hazrati Ali va 12 imomga siginadilar, ayniqsa 6-imom Jafar as-Sodiqqa etiqod qiladilar. Hoji Bektosh Kichik Osiyoda tez shuhrat qozongan. Bu tariqat koproq qishloq aholisi orasida qollab-quvvatlandi. Vaqti kelib B. keng tarmoq yoygan tashkilotga aylandi, ozining belgisi va maxsus kiyimiga ega boldi. B. tariqatining qatiy uyushgan jamoaga aylanishida "Ulug pir" Balim Sultonning 1516 y. v. e. tasiri kattadir. Ilmiy adabiyotda uni "Ikkinchi pir" Piri soniy deb atashadi. Balim Sulton ozini Hoji Bektosh Rumiyning avlodi deb elon qilgan va tariqat tuzilishiga aloqador bir qator islohotlarni amalga oshirgan. B. ayni Balim Sulton zamonida keng tarqaldi. Yanicharlar Turkiyadagi imtiyozli piyoda askarlar orasida yoyilib, ular orqali davlat ishlariga oz tasirini kuchaytirdi. 1826 y.da Sulton Mahmud II yanicharlar korpusini tugatgach, B. faoliyati taqiqlanadi. Uning yirik rahnamolari qatl etildi. B. tarafdorlari esa Bolqonga va Albaniyaga tarqalib ketdi. Lekin hozir ham B.tarafdorlarini Turkiya va Iroqda uchratish mumkin. B. turk xalqining diniy dunyoqarashi shakllanishiga jiddiy tasir qilibgina qolmay, uning madaniyati, musiqasi va ayniqsa adabiyotining ham rivojlanishiga katta hissa qoshgan.

Mahmudxoja Nuritdinov.