ⓘ Belaya veja pushchasi, Belaya Veja ormoni - Bug, Neman va Pripyat daryolari suvayirgichlari hududidagi yirik ormon massivi. Belorussiya bilan Polsha chegaralari ..

                                     

ⓘ Belaya veja pushchasi

Belaya veja pushchasi, Belaya Veja ormoni - Bug, Neman va Pripyat daryolari suvayirgichlari hududidagi yirik ormon massivi. Belorussiya bilan Polsha chegaralarida joylashgan. Umumiy maydoni 150 ming ga. B.Belaya veja pushchasi ning sharqiy qismi da 1939 y.da davlat qoriqxonasi tashkil etilib, 1957 y.dan ovchilikqoriqxona xojaligiga aylantirilgan, 1991 y.dan Belorussiya milliy bogi. B.Belaya veja pushchasi ning 81.5% hududi asrlar davomida kesilmagan qayin, dub, qaragay, archa va boshqalardan iborat ormon. B.Belaya veja pushchasi 13-asrdan Polsha qirollarining ov qoriqxonasiga aylantirilgan. 14-asrda zubrlarni ovlash chegaralangan, 1802 y.dan butunlay taqiqlangan. Birinchi jahon urushi yillarida zubrlarning hammasi qirib yuborilgan. 1929 y.da Germaniya va Shvesiyadan 8 zubr keltirilib, pitomnik tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin olimlarning sayharakatlari bilan zoti toza zubrlar populyatsiyasi qayta tiklandi. B.Belaya veja pushchasi ozining zubrlari bilan jahonga mashhur. B.Belaya veja pushchasi da 55 dan kop turdagi hayvonlar, 212 turdagi qushlar bor. 900 turdagi osimliklar muhofaza qilinadi. B.Belaya veja pushchasi da yovvoyi hayvonlar ekologiyasi organiladi, ulardan samarali foydalanish bilan birga hayvonlar va foydali osimliklarni muhofaza qilish, qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Ovchilik qoriqxona xojaligida "B.Belaya veja pushchasi tabiat muzeyi tashkil etilgan. B.Belaya veja pushchasi ning garbiy qismi da 1947 y. Belovej xalq bogi qoriqxonasi barpo etilgan. B.Belaya veja pushchasi da 1991 y. 8 dek.da sobiq "Qizil imperiya" - SSSRning parchalanganligi qayd qilindi.

Olmas Sobirov.