ⓘ Belugalar - osyotrsimonlar oilasiga mansub baliqdar urugi. Yarimoy shaklidagi keng ogzi, pastki lablari ortasidan kesik borligi va jabralarining tuzilishi bilan ..

                                     

ⓘ Belugalar

Belugalar - osyotrsimonlar oilasiga mansub baliqdar urugi. Yarimoy shaklidagi keng ogzi, pastki lablari ortasidan kesik borligi va jabralarining tuzilishi bilan boshqa baliklardan farqqiladi. 2 turi: beluga va kaluga bor. Beluga Kaspiy, Qora, Azov va Adriatika dengizlarida va ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Tanasining uz. 4 – 5 m, ogirligi 1.5 t gacha keladi. B. baliklar bilan, yosh baliqchalar esa suv tubidagi mayda umurtqasizlar bilan oziklanadi. B. otkinchi baliqlardan. Bir necha yilda bir marta may - iyun oylarida tez oqar daryolarning toshloq joylariga kelib 200 000 dan 1 mln. gacha tuxum qoyadi. Erkaklari 12 - 14 yoshda, urgochilari 16 - 18 sshda voyaga yetadi. 100 yildan ortiqroq yashaydi. B. osyotrsimonlar, xususan sterlyad bilan, shuningdek sevryuga va tikondum baliklar bilan gibrid hosil qiladi. B.ning sterlyad bilan gibridi besterni suniy chatishtirish orqali yetishtirilgan. Bester kopaytirish maqsadida reslublikamizning hovuz baliqchilik xojaligiga keltirilgan. Qimmatbaho goshti va ikrasi uchun ovlanadi.