ⓘ Bengal adabiyoti - Hindistonning Garbiy Bengaliya shtati va Bangladeshda yashaydigan bengallarning milliy adabiyoti. Bengal adabiyotining yozma ilk namunasi Cho ..

                                     

ⓘ Bengal adabiyoti

Bengal adabiyoti - Hindistonning Garbiy Bengaliya shtati va Bangladeshda yashaydigan bengallarning milliy adabiyoti. Bengal adabiyotining yozma ilk namunasi "Chorjapod" xalq sheriyatining yorqin namunasi hisoblanadi.

Bengal adabiyotida 10-asrda zarbulmasal, afsona kabi sheriy janrlar rivojlandi. Tibbiy falakiyot va boshqa ilmlar haqida maslahatlar toplami - "Dak hikmatlari" va "Khon hikmatlari" yaratildi. 12-asrda Jayadevaning "Gitagovinda" "Chopon haqida qoshiq" asari bengal adabiyoti taraqqiyotiga qoshilgan muhim hissa boldi. 13 - 14-asrlar bengal adabiyotida xudo Vishna, Monoshi ilonlar mabudasi, Chondi hayvonlar homiysi kabilarga bagishlangan diniy mifologik asarlar "Monoshining shuhrati", "Chondining shuhrati" yaratildi. 14 - 15-asrlarda Vidyapati va Chondidash kabi yirik shoirlar yetishdi. 15 - 16-asrlarda qadimiy hind eposlari - "Ramayana", "Mahabharata" bengal tiliga tarjima qilindi.

15 - 17-asrlarda bhaktiy xudoga muhabbat diniy islohot oqimi rivojlana boshladi. Bu davrda Monoxor Dash, Gokulanondo Shen, Kritibash Ojha, Mukundoram Chokroborti, Krishnodash Kobiraj kabi shoirlarning asarlari keng tarqaldi. 18-asrga kelib inglizlar mustamlakachiligi bengal adabiyotiga salbiy tasir korsatdi. 19-asrda Rammoxan Ray. Okxoykumar Dotto 1820 - 86, Ishshorchondro Biddashagor 1820 - 91, Ishshorchondro Gupto 1811 - 59 kabi yozuvchi, shoirlar samarali ijod qildilar. Bu yillarda koplab tarjima asarlar yaratildi, adabiy badiiy jurnallar nashr etildi. 1857-yilda Ramnarayon Tarkorotnoning "Ulug zot" degan birinchi bengal ijtimoiy dramasi yuzaga keldi. Bhudeb Mukxopaddhayya, Bonkimchondro Chottopaddhayya, Romeshchondro Dotto, Perichand Mittro, Kaliproshonno Shinxo, Okhoychondro Shorkar kabi yozuvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarixiy romanlari paydo boldi.

Realizmning buyuk namoyandasi Rabindranath Tagore ijodi 19 - 20-asrlar bengal adabiyotida katta voqea boldi. Shorotchondro Chottopaddhayya ijodi ham Rabindranath Tagore ijodiga hamnafas boldi, uning "Birajning xotini", "Himoyasiz bechora", "Yondirilgan uy" kabi romanlarida mazlum xalqning erk uchun kurashi oz ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushi davrida bengal adabiyotida urushga qarshi ruhdagi asarlar yaratildi.

Hindistonning mustaqillikka erishuvi 1947-yil tufayli bengal adabiyotida ham yangi davr boshlandi. Mustaqillik davrida Tarashonkor Bondopaddhayya, Abul Fazl, Manik Bogdopaddhayya, Narayon Bondopaddhayya, Nazrul Islom, Bimolchondro Gxosha kabi yozuvchi va shoirlar yetishib chiqdi. Mani Shankar asarlarida "Chaurani" boshqalar mustaqillikka erishgan Hindistondagi vatandoshlari hamda oddiy mehnatkash xalqning hayoti aks etgan.

Utpal Datt, Badal Sarkor "Boshqacha yosindagi tarix", 1967 kabi bengal dramaturglari hind teatr sanati rivojiga munosib hissa qoshdilar. Rabindranath Tagore, Manik Benerji, B. Ghosha va boshqa bir qator bengal yozuvchilarining asarlari ozbek tiliga tarjima qilingan.