ⓘ Benzidin -, H2NC,H4CrH4NH2 organik birikma, aromatik diamin. Mol. m. 184.23. Rangsiz yaltiroq kristallar. Havoda va yoruglik tasirida qorayadi. Suyuqlanish temp ..

                                     

ⓘ Benzidin

Benzidin -, H2NC,H4CrH4NH2 organik birikma, aromatik diamin. Mol. m. 184.23. Rangsiz yaltiroq kristallar. Havoda va yoruglik tasirida qorayadi. Suyuqlanish temperaturasi 128°, qaynash temperaturasi 401.7°. Suvda 0.4%, efirda 2.2%, etanolda 1.0% eriydi. Karbon va mineral kislotalar bilan tuz hosil qiladi. B.ni birinchi marta N. N. Zimin gidrazobenzolni anorganik kislotalar bilan qizdirib olgan. Sanoatda nitrobenzolni ishqoriy muhitda pyx bilan gidrazobenzolgacha qaytarib, uni mineral kislotalar tasirida izomerlash yoli bilan olinadi. B. azoboyoqlar sanoatida xom ashyo sifatida, analitik kimyoda xrom, mis, oltin, qorgoshin, simob va shahri k.ni aniqlashda ishlatiladi. Kanserogen xususiyati bor.