ⓘ Benzil xlorid, S6NSN2S1 - organik birikma. Mol. m. 126.59. Otkir gidli rangsiz suyuqlik. Zichligi 1100 kgm3, suyuqlanish temperaturasi - 39°, qaynash temperatur ..

                                     

ⓘ Benzil xlorid

Benzil xlorid, S6NSN2S1 - organik birikma. Mol. m. 126.59. Otkir gidli rangsiz suyuqlik. Zichligi 1100 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi - 39°, qaynash temperaturasi 179°. Suvda erimaydi; spirt, xloroform va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv qoshib qizdirilganda sekin-asta gidrolizlanib, benzil spirt hosil qiladi. Nukleofil va elektrofil almashinish reaksiyalariga oson kirishadi. Kuchsiz oksidlovchilar tasirida benzaldegidga aylanadi. Sanoatda tarkibida 1% RS13 bolgan toluolni katalizator ishtirokida 90 - 100° gacha qizdirib, undan xlor otkazib olinadi. Benzil xlorid plastmassa, plyonka, elektr izolyatsion qoplama va lok ishlab chiqarishda foydalaniladigan benzil spirt, benzoy kislotaning murakkab efirlari, benzilsianid va ayniqsa benzilsellyuloza olish uchun ishlatiladi.