ⓘ Benzol, C 6 H 6 - aromatik uglevodorodlarning oddiy vakili. Molar massasi 78.11, rangsiz, tez yonuvchan, uchuvchan suyuqlik bolib, oziga xos hidi bor. Zichligi ..

                                     

ⓘ Benzol

Benzol, C 6 H 6 - aromatik uglevodorodlarning oddiy vakili. Molar massasi 78.11, rangsiz, tez yonuvchan, uchuvchan suyuqlik bolib, oziga xos hidi bor. Zichligi 879 kg/m 3. Qaynash temperaturasi 80.1 °C. Yonganda is chiqadi. Benzol bugi havo bilan aralashganda portlovchi aralashma hosil boladi. Uglevodorodlar va kopchilik organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Suvda erimaydi.

                                     

1. Tarixi

Benzolni 1825-yilda ingliz olimi Maykl Faradey yonuvchi gaz kondensatidan ajratib oldi. Toza benzolni 1833-yilda nemis olimi Eylgard Micherlix kalsiy benzoatni quruq haydab olgan. 1865-yilda nemis olimi Kekule benzol uchun 3 oddiy va 3 qosh bogdan iborat 6 atomli halqa shaklidagi formula taklif qildi. Benzol molekulasida uglerod atomlari togri yassi olti burchaklik hosil qiladi, lekin qulay bolishi uchun u choziqroq qilib chiziladi. Fransuz kimyogari Bertlo 1866-yilda atsetilenni 500 - 600° da qizdirib benzolni olib, sintez usuli yordamida alifatik birikmalardan aromatik birikmalarga otish mumkinligini nazariy jihatdan isbotladi.

                                     

2. Xossalari

Benzolning tavsifli xususiyatlaridan biri uning yuqori temperaturaga chidamligidir. Benzol kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan hisoblanadi. U toyinmagan uglevodorod bolishiga qaramay, asosan orin almashinish reaksiyalariga kirishadi. Masalan, benzolni nitrolab nitrobenzol, sulfolab benzosulfokislota, xlorlab xlorbenzol va geksaxlorbenzol, oksidlab malein angidridi, alkillab etilbenzol va izopropilbenzol, degidrogenlab difenil olish mumkin. Benzol toyinmagan birikma xususiyatlarini namoyon qiladigan birikish reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. Ularning sodir bolishi uchun maxsus sharoit: yuqori temperatura va bosim, katalizator, yoruglik nuri tasir ettirish talab qilinadi. Masalan, nikel yoki platina katalizatorligida benzol gidrogenlanib siklogeksan, yoruglik tasirida esa xlorni biriktirib olib geksaxlorsiklogeksan geksaxloran hosil qiladi. Benzol boyoqlar, portlovchi moddalar, dorivorlar, xushboy moddalar, plastik massalar va boshqa birikmalarni olishda hamda erituvchi sifatida ishlatiladi. Benzol katalizator ishtirokida gidrogenlanganda kaprolaktam sanoatining xom ashyosi bolmish siklogeksan hosil boladi. Kaprolaktam oz navbatida polimerlanib, sintetik tola bolgan "kapron" ni beradi. Benzol motor yonilgilariga ham ishlatiladi. Benzol bugi kishi organizmiga yomon tasir etadi, qon tarkibini buzadi, qattiq zaharlanganda odam oladi. Suyuq benzol teriga kuchli tasir qiladi.