ⓘ Bepushtlik, tugmaslik, tugdira olmaslik - voyaga yetgan organizmning nayel qoldirishga ojizligi. Odamda - bir maromda jinsiy hayot kechirib, boyida bolishdan sa ..

                                     

ⓘ Bepushtlik

Bepushtlik, tugmaslik, tugdira olmaslik - voyaga yetgan organizmning nayel qoldirishga ojizligi. Odamda - bir maromda jinsiy hayot kechirib, boyida bolishdan saqlanish vositalari dan foydalanmay, kamida 2 yil birga turib farzand kormaslik "bepushtlik" hisoblanadi. Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda gam uchraydi. Erkaklardagi bepushtlik - tugdira olmaslikka jinsiy azolarning tugma nuqsoni, yalliglanish kasalliklari yoki ularning shikastlanishi, jinsiy maylning sustligi, shuningdek endokrin sistema faoliyatining ozgarishi, urug suyuushgi da spermatozoidlar bolmasligi yoki ularning uruglantira olish xususiyatining yoqligi sabab boladi. Ayollardagi bepushtlik - tugmaslikka bachadon, tuxum yollari, tuxumdon va naylarning yalliglanishi, sozak, jinsiy azolar sili; ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, balogatga yetish davrida infeksion kasalliklar bilan ogrish natijasida markaziy nerv sistemasida roy bergan jiddiy ozgarishlar, jinsiy azolarning yetilmay qolishi - infantilizm sabab bolishi mumkin. Yalliglanishi tufayli bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum hujayrasi erkak jinsiy hujayrasi bilan uchrasha va uruglana olmaydi yoki uruglangan tuxum hujayraning bachadonga utishi kiyinlashadi. Bepushtlikda erxotin tibbiy korikdan otkaziladi. Bepushtlikni iloji boricha barvaqt aniqlab, sabablari bartaraf qilinsa yaxshi natijaga erishish mumkin. Bepushtlikni vrach davolaydi. Yalliglanish jarayoni bilan bogliq bolgan bepushtda fizioterapiya va kurortlarda davolanish ayn iksa muhim. Endokrin sistemasidagi ozgarishlar tufayli bepushtlik roy berganda fizioterapiya, kurortlarda davolanish bilan birga gormonal dori-darmonlar ham buyuriladi. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy azolarning yalliglanish kasalliklarini oz vaqtida aniqlab davolash, abortga yol quymaslik, shaxsiy va jinsiy ozodalik tartiblariga katiy amal qilish lozim.