ⓘ Beriberi, V, avitaminoz, alimentar polinevrit - ovqatda V, vitamin yetishmasligi va uning organizmda ozlashtirilishi buzilishidan paydo boladigan kasallik. 1910 ..

                                     

ⓘ Beriberi

Beriberi, V, avitaminoz, alimentar polinevrit - ovqatda V, vitamin yetishmasligi va uning organizmda ozlashtirilishi buzilishidan paydo boladigan kasallik. 1910 - 30 yillarda Orta Osiyoda, jumladan Ozbekistonda ham qayd qilingan. Bunga nuqul oklangan guruch yeyish sabab bolgan. Kasallik sababini Yava orolida ishlab turgan gollandiyalik vrach Eykman 1897 yilda aniqlagan. U tovuklarni suvda pishirilgan toza oqshoq bilan boqqanda shu kasallik roy bergan. Ularni guruch kepagi bilan boqqanda esa tuzalgan. Keyinchalik guruch kepagida V, vitamin borligi aniqlandi.

Kasallik asosan Jan., Jan.Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Bunda kuproq periferik nsrvlar zararlanib polinevrit, yuraktomir sistemasi va ovqat hazmi buziladi. muskullar ayniqsa oyoq, boldir muskullari atrofiyasi, shishi kuzatiladi; oyoq muskullari qattiq ogriganligi va shishib ketganligi tufayli bemor tovonini ayab, barmoklariga va osq panjasining tashqi chekkasiga tayanib yuradi. Kasallikning oldini olish uchun kepakli javdar va bugdoy noni, suli yormasidan pishirilgan ovqatlar buyuryladi. Bemorlar V, vitamin preparatlari, achitqi, undirilgan bugdoy va boshqa bilan davolanadi.