ⓘ Berilliylash - metall yoki qotishmalarning sirtqi qatlamini 1100° gacha trada oksidlanishdan saqlash maqsadida Be bilan qoplash. B. uchun 98 - 99% Be va 2 - 1% ..

                                     

ⓘ Berilliylash

Berilliylash - metall yoki qotishmalarning sirtqi qatlamini 1100° gacha trada oksidlanishdan saqlash maqsadida Be bilan qoplash. B. uchun 98 - 99% Be va 2 - 1% NH4C1, yo bolmasa, 75% Be, 23% A12O3 va 2% NH4C1 kukunlari aralashmasi ishlatiladi. Metall ana shu aralashmada 950 - 1050° trada 4 - 10 soat qizdiriladi, berilliy metall ning sirtqi qatlamiga singib, uning korroziyaga va issiqqa chidamlilngini keskin oshiradi, boshqa xossalari ham yaxshilanadi. B. bazan, faqat muhim issiqlikka chidamli qotishmalar uchun qollaniladi.