ⓘ Berlin devorining qulatilishi - Ikkinchi jahon urushi oqibatida ikkiga bolinib ketgan Germaniyaning qayta birlashishining boshlanishi. Sotsialistik jamiyat quri ..

                                     

ⓘ Berlin devori

Berlin devorining qulatilishi - Ikkinchi jahon urushi oqibatida ikkiga bolinib ketgan Germaniyaning qayta birlashishining boshlanishi. Sotsialistik jamiyat qurish yolini tutgan Germaniya Demokratik Respublikasi ning ijtimoiy turmush darajasi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha orqada qoldi. Garbiy Germaniya esa urush asoratini tezda bartaraf etib, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan orin egalladi. Nemis xalqining bir lashish orzusi 1989 yilning songida taqiq ramzi bolmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi. £r yuzida "sovuq urush" xavfi kamaygani, jahon tinch ozgarishlar davriga kirgani, bir-biriga zid tuzumlar ortasidagi ixtilofning barham topishi, qurolsizlanish va iqtisodiy hamkorlik yolidagi ilk qadamlar ikki Germaniya davlatining qoshilishiga zamin hozirladi. Bu harakat 1990 yil aprel - may oylarida GDR va Germaniya Federativ Respublikasi hukumatlari tomonidan shartnomalarning imzolanishi hamda GDR xalq palatasining Germaniya Demokratik Respublikasi GFR tarkibiga qoshilishi haqidagi 1990 i. 3 noyabr qarori bilan muvaffaqiyatli yakunlandi.