ⓘ BERNINI Jovanni Lorenso - italiyalik memor va haykaltarosh, barokko uslubining yirik vakili. B. yaratgan memoriy obidalar ozining keng fazoviy makonni egallashi ..

                                     

ⓘ Bernini Jovanni Lorenso

BERNINI Jovanni Lorenso - italiyalik memor va haykaltarosh, barokko uslubining yirik vakili. B. yaratgan memoriy obidalar ozining keng fazoviy makonni egallashi, dabdabali va serbezakligi, perspektiva imkoniyatlaridan erkin va dadil foydalanilgaii hamda sanatlar uygunligining yaxlitligi bilan ajralib turadi. Bular Rimning memoriy qiyofasini shakllanishida muhim rol oynaydi. Oz ijodida memorlik va haykaltaroshlikni ozaro uygunligiga intildi, shu maqsadda turli xom ashyo, rang berish, nur imkoniyatlaridan unumli foydalana oldi, haykaltaroshlikda marmarga ishlov berib, silliqlab yaratilgan asar tasirchanligini oshirishga muyassar boldi, naturaga juda oxshashini taminlab, odam terisiga xos mayinlik va yaltiroqlik, matolarning oziga xos sifatini nihoyatda ustalik bilan korsata oldi. B. ijodida barokko dabdabali portretining oziga xos turi shakllandi, u haqqoniyligi, otkir ruhiy holati va bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi. B. ijodi 17 - 18-asrlar Yevropa sanatiga katta tasir korsatdi.