ⓘ Berton - kechki serhosil olxori navi. Amerikadan keltirilgap. Daraxti ortacha kattalikda, balandligi 5–6 m. Bargi teskari tuxumsimon, qalin, toq yashil. Ozidan ..

                                     

ⓘ Berton

Berton - kechki serhosil olxori navi. Amerikadan keltirilgap. Daraxti ortacha kattalikda, balandligi 5–6 m. Bargi teskari tuxumsimon, qalin, toq yashil. Ozidan changlanadi. Mevasi yirik, toq binafsha rangda. Eti tigiz, xushxor, tami nordonroq. Sugoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Kochati ekilgandan keyin 6yili hosilga kiradi. Apr. ortalarida gullaydi, sentabrda pishadi. Tarkibida 11.5% qand bor. Tupi 60–150 kg hosil beradi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Ozbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, sharbatlar, jem, murabbo tayyorlanadi.