ⓘ Bess - axomaniylarning Baqtriya va Sugdiyonadagi satrapi. Axomaniylar naslidan. Miloddan avvalgi 333 yil Aleksandr qoshinlari bilan Doro III qoshinlari ortasida ..

                                     

ⓘ Bess

Bess - axomaniylarning Baqtriya va Sugdiyonadagi satrapi. Axomaniylar naslidan. Miloddan avvalgi 333 yil Aleksandr qoshinlari bilan Doro III qoshinlari ortasida bolgan Gavgamela jangoda Eron otliq lashkariga qomondonlik qilgan. Eron qoshinlari yengilgach, B. Spitamen, Oksiart, Datafarn kabi lashkarboshilar hamda Doro III bilan birgalikda Sugdiyonaga chekinadi va qarindoshi Doro III ni xoinona oldirib, ozini axomaniylar davlatining oliy hukmdori - Artakserks IV deb elon qiladi. Aleksandr unga qarshi Ptolemey Lag boshchiligida lashkar yuboradi. Ptolemey Lag B. turgan qishloqni qurshab olib, qishloq ahlidan uni tutib topshirishni talab qiladi, aks holda barchalarini oldirib, qishloqning kulini kokka sovurajagini aytadi. Shunda mazkur qishloq ahli Ptolemey Lag lashkariga qarshilik korsatmaydi. Ptolemey Lag B.ni tutib boyniga sirtmoq solib, qipyalangoch holda Aleksandr qoshini otadigan yol boyida qoldiradi. Aleksandr osha yoldan ketayotib B.ga kozi tushadida, undan nega oz qarimdoshi va podshohini oldirganini soraydi. Shunda B. Doroning mulozimlari qutkuvi bilan hamda Aleksandrning konglini olish uchun shunday qilganini aytadi. Aleksandr gazablanib, B.ning burun va quloklarini kesishni, song uni Ekbatana ga yuborib, osha yerda midiyaliklar va forslar koz oldida qatl etishni buyuradi.

Bazi olimlarning Sh. Kamoliddinov fikricha, B. asir olingan joy hozirgi Qashqadaryo viloyatidagi Uzunqir qalasi harobasi ornida bolgan, bu qala chekinayotgan sugdiylarning butun armiyasini sigdira olgan. Amudaryodagi Shorob kechuvidan Uzunqir qalasigacha 240 km bolib, orta asr karvonlari uchun 8 kunlik yol bolgan. Yunonmakedon otryadi bir necha yerda toxtab dam olgach, bu masofani 4 kunda bosib otgan. B. oshanda Uzunqirdan 650 m jan.da joylashgan mahalliy hokimning qarorgohi - Sangirtepa qalasiga yashiringan bolsa kerak.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX - nachala XIII vv., T., 1996, s. 17; Arrian, Poxod Aleksandra, M. - L., 1962.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil