ⓘ Betatron - elektronlarning induksion tezlatgichi. Oddiy transformatorga uxshab tokka ulanadi, ikkilamchi galtak urnida teshik kulcha shaklidagi vakuum kamerasi ..

                                     

ⓘ Betatron

Betatron - elektronlarning induksion tezlatgichi. Oddiy transformatorga uxshab tokka ulanadi, ikkilamchi galtak urnida "teshik kulcha" shaklidagi vakuum kamerasi joylashgan. Vakuum kamerasida elektronlar manbai - injektor ornatilgan. Vakuum kamerada injektordan chiqqan elektronlar aylana boylab harakatlanganda elektr maydon tasirida impulsi ortadi. B.da elektronlar energiyasini 300 MeV gacha orttirish mumkin. B.da hosil qilingan tezlanishdan kopincha sinxrotronlarda elektronlar energiyasini 2 - 5 MeV gacha yetkazishda foydalaniladi. Sinxrotronlarda orbita radiusi tezlikka mutanosib ozgarganidan kamera olchamlari ortiqcha kattalashmasligi uchun elektronlarni B. rejimida tezlatish maqsadga muvofiq. B. yordamida jismlar tarkibidagi elementlar tahlil qilinadi.

Tezlatilgan elektronlar yoki gammanurlanish yadro fizikasida, i. t. ishlarida, tibbiyotda nurlanish terapiyasi va tashhis diagnostikada, texnikada, defektoskopiya maqsadlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda katta energiyaga ega bolgan elektronlarni keskin sekinlashtirib olinadigan gammanurlanishdan moddalardagi juda oz miqdordagi "begona" birikmalarni radioaktivlash yoli bilan tahlil qilishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, 25 MeV energiyaga ega bolgan elektron tezlatgichlar bunday ishlarda ancha qol kelmoqda.