ⓘ Beton yotqizgich - kanal tubi, nishablari va kirgoqlari, damba usti va boshqa joylarga beton qrrishmasini yoyish, tekislash va zichlash uchun muljallangan mashi ..

                                     

ⓘ Beton yotqizgich

Beton yotqizgich - kanal tubi, nishablari va kirgoqlari, damba usti va boshqa joylarga beton qrrishmasini yoyish, tekislash va zichlash uchun muljallangan mashina. Melioratsiya Beton yotqizgichlari bunkerli va bunkersiz boladi; vazifasiga kora toliqmas profilli hamda toliq profilli ; yurish jihozining xiliga kora kanal tubi va qirgoklariga yotqizilgan relyelarda harakatlanadigan; kanal tubi va nishablari sirtidagi sirpanma tayanch sirtlar buylab sirpanadigan ; zanjirli, uziyurar, tirkama vakanat tortqili xillarga bolinadi. Bunkerli Beton yotqizgich betonni kundalangiga yotqizadigan hamda boylamasiga yotqizadigan xillarga bolinadi. Birinchisida Beton yotqizgich kanal boylab harakatlanib, beton qorishmasi olish uchun toxtaydi va ish organi kanal oqiga perpendikulyar tekislikda harakatlanayotganda beton qorishmasini yotqizadi. Ikkinchisida mashina kanal boylab harakatlanayotgan vaqtda beton yotqizadi, bunkeriga beton qorishmasini olish uchun toxtaydi yoki yurib ketayotganda ham beton olaveradi. Ish unumdorligi - 30 m3Gsoatgacha, harakatlanish tezligi - 92 m/soatgacha.