ⓘ Beshariq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Fargona viloyatining Ozbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibo ..

                                     

ⓘ Beshariq tumani

Beshariq tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Fargona viloyatining Ozbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibodom va Asht tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.77 ming km 2. Aholisi 175.9 ming kishi. Beshariq tumanida 1 shahar va 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Beshariq shahri.

                                     

1. Tabiati

Relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli chala chollardan iborat. Jan.garbida qum barxanlari, sharqida Markaziy Fargonaning Sox-Isfara massivi bor. Yer yuzasi shimolga nishabatan Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning ortacha harorati - 2 °C, iyulniki 28 °C. Yiliga 200 mm yogin tushadi. Janubiy qismiga koproq yogin yogadi. Bahorda garbdan sharqqa kuchli bazan sekundiga 30 m tezlikda shamol esadi. Vegetatsiya davri 205 kun. Tumanning shimolda Sirdaryo, janubda Isfara daryosi oqadi, garbida Qayroqqum suv ombori bor. Beshariq tumani yerlari Katta Fargona kanalidan sugoriladi. Tuman hududidan Sox-Isfara kollektori otgan. Tuman qir qismining tuprogi sershagal, tekislik qismining tuprogi esa sugoriladigan boz tuproq. Shuvoq, shora, yantok, qamish, koga, oq miya, qizil miya, yulgun, saksovul osadi. Yumronqoziq, quyon, echkemar, bori, tulki, har xil ilonlar yashaydi. Tuman yerlarida faqat sugorib dehqonchilik qilish mumkin.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan ozbeklar; ruslar, tojiklar, qirgizlar, tatarlar va boshqalar ham yashaydi. 1 km 2 ga ortacha 193 kishi togri keladi. Shaharliklar 20 ming kishi, qishloq aholisi 129 ming kishi 2000.

                                     

3. Xojaligi

Tumanda paxta tozalash zavodi, tibbiyot paxtasi tayyorlaydigan, yigiruvtoquv va mebel fabrikalari, paxta chiqindisidan karton ishlaydigan va past nav paxtani qayta ishlab tozalaydigan mahalliy sanoat kombinati bor. Tumanda 138 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: metall qopqoqlar tayyorlovchi, xalq istemoli mollari chiqaruvchi "Navbahor", "Bahor" kichik korxonalaridir. Qishloq xojaligida sugoriladigan yerlar 21.6 ming ga, shu jumladan 12.3 ming ga yerga paxta, 0.09 ming ga yerga sabzavot, 0.9 ming ga yerga beda, 0.76 ming ga yerga makkajoxori, 0.04 ming ga yerga sholi ekiladi.

                                     

4. Sanoati

Beshariq tumanida 3 jamoa xojaligi, 4 shirkatlar uyushmasi, 1 xojaliklararo korxona, parrandachilik fabrikasi, 148 fermer xojaligi va Qoqon ormonchilik xojaligining filiali bor. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 46.7 ming krramol, 32.5 ming qoy va echki. 54.4 ming parranda bor. Beshariq tumani garbidan Toshkent - Qoqon temir yoli otadi. Yaqin temir yol stansiyasi - Rapqon tuman markazidan 2 km. 1999/2000 oquv yilida 47 umumiy talim maktabida 33.8 ming oquvchi, 2 litseyda 236 oquvchi talim oldi. 9 kinoteatr, 46 ommaviy kutubxona, 24 klub, madaniyat uyi, muzey, 866 orinli 5 kasalxona, poliklinika va 54 tibbiy punkti bolib, ularda 165 vrach, 654 orta malumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1932-yildan "Beshariq tongi" tuman gazetasi chiqadi adadi 2500.