ⓘ Bibliografiyashunoslik - bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini organadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi. B. termini dast ..

                                     

ⓘ Bibliografiyashunoslik

Bibliografiyashunoslik - bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini organadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi. B. termini dastlab 18-asrda Garbiy Yevropada paydo bolgan, 20-asr ortalariga qadar turlicha talqin etilgan, 20-asr 70- yillaridan aniq ilmiy izohga ega boldi. B.ning 4 tarkibiy bolimi mavjud: nazariyasi, tarixi, metodi,tashkiliy bolimi. B.nazariyasi bibliografiya moxiyati va ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi, metodlarini takomillashtiradi, uning tasnifi va atamalarini ishlab chiqadi. B. tarixi bibliografiyaning tadrijiy rivojini yaxlit holda va uning alohida turlari va sohalarini, bibliograflar faoliyati va h.k. ni organadi.

B. metodi bibliografik ishda qollaniladigan kridalarni ishlab chiqadi, eng yangi metod va texnika vositalarini bibliografik qollanmalar tuzish va bibliografiya xizmati korsatishga tatbiq etadi. B.ning tashkiliy bolimi vazifasi mamlakatda bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashni takomillashtirish, muvofiklashtirish, bibliograf mehnatini ilmiy tashkil etishdan iborat. Ozbekistonda B. masalalari dastlab 20 - 30- yillarda Ye. K. Betger asarlarida oz ifodasini topdi. Keyinchalik B.ning umumiy masalalari, tarkibiy bolimlari M. M. Turopov, Sh.M. Shamsiyev, N.P.Lyapustina, H.Mamatraimova va boshqalarning ilmiy ishlarida nazariy jihatdan oz aksini topdi.

Hamraxon Mamatraimova.