ⓘ Bijgish. Bilgish, bijgitish, achish, achitish, fermentatsiya - mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning parchalanish j ..

                                     

ⓘ Bijgish

Bilgish, bijgitish, achish, achitish, fermentatsiya - mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning parchalanish jarayoni. Bunda bijgiydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning otish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil bolishi mumkin. Maye, kislorodsiz sharoitda moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham kislorodsiz sharoitda spirt, sut kislota, propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo boladi. B. jarayonida musallas, boza, qimiz va boshqa ichimliklar hosil boladi. 16-asrda Vant Gelmont B. jarayoni fermentlar ishtirokida, 19-asrning 30- yilda esa Kanyar de Latur, Shvan va Kyutinglar,bir hujayrali tirik mikroorganizmlar ishtirokida roy beradi, deb tushuntirdilar. B.ni faqat Lui Paster ilmiy asosda togri tahlil qilib, B. - mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi. Mikroorganizmlar ishtirokida organik moddalar ni bijgitib, xalq xojaligiga zarur mahsulotlar - etil va butil spirtlar, sut, moy, propion kislotalar olinadi. Qanddan spirt hosil bolishida ATF va ADF asosiy energiya manbai bolib xizmat qiladi. Spirt, vino, pivo ishlab chiqarishda Saccharomyces cerevisia, Sacch. vini, Sacch. carlsbergens kabi turushlar ishlatiladi. Sut mahsulotlaridan qatiq, pishloq, smetana, tvorog, kefir tayyorlashda Str. Lactis, Str. diacetilactis. Bact. casei, Bact. acidophilum ishtirok etadi. Propion kislota olishda Bact. acidi proponici, Propionibact. shermani mikroblari qatnashadi. Sanoatda pishloq, V12 vitamini olishda ham bakteriyalarning shu turlaridan foydalaniladi. Moy kislota olishda Clostridium butiricum bakteriyasi, atseton, butil spirt olishda Clostidium acetobutylicum bakteriyasi, sirka olishda Acetobacter aceti bakteriyasi, limon kislota olishda esa Aspergillus niger zamburugi ishtirok etadi. B. jarayonidan foydalanib, rom, turli markadagi vinolar, pivo, sut mahsulotlari, non ishlab chiqariladi.