ⓘ Biznes inkubator - kichik va orta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shugullanadigan ixtisoslashgan muassasa. Bi ..

                                     

ⓘ Biznes inkubator

Biznes inkubator - kichik va orta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shugullanadigan ixtisoslashgan muassasa. Biznes inkubator, asosan, xojalik yurituvchi subyektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqgisodiyoti boyicha zarur bilimlarni orgatish, biznes reja tuzish, mablaglar topish, xalqarr grantlar olishda komaklashish, tadbirkorlik goyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek kichik va orta korxonalarga menejment va marketing xizmatlari, tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy yosindagi xizmatlar korsatish kabi vazifalarni bajaradi. Biznes inkubator tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish va mahalliy ishbilarmonlarni, shu jumladan yoshlar, ayollar va aholining boshqa guruhlarini xalq xojaligiga jalb etishni kuchaytirish muammolarini yechishga xizmat korsatadi. Biznes inkubator faoliyat turiga kora korxona inkubatorlari, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash markazlari, innovatsiya va menejment markazlariga bolinadi. Dastlabki Biznes inkubator lar 20-asrning 70 - 80 yil lari da AQSH da paydo boldi. Keyinchalik jahondagi boshqa mamlakatlarda ham keng tarqala boshladi. Hozirgi paytda dunyo boyicha 2000 dan ortiq yirik Biznes inkubator lar ish olib boradi. Ozbekistonda birinchi Biznes inkubator 1995 yilda BMTning YUNIDO tashkiloti va OzR Davlat mulk qomitasining hamkorliqdagi "Ozbekistonda biznes inkubatorlar tarmogini shakllantirish va rivojlantirish" loyihasi asosida tashkil etildi. Respublikada jami 25 Biznes inkubator mavjud bolib, ular yirik shaharlar va viloyat markazlarida faoliyat korsatmoqsa, bir yidsa 5 mingdan ziyod kishi oqitildan.

Alisher Sobirov.