ⓘ Bilga xoqon bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoyilgan. Ulan Batordan 400 km janubdagi Qorabalgasun shahrining harob ..

                                     

ⓘ Bilga xoqon bitiktoshi

Bilga xoqon bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoyilgan. Ulan Batordan 400 km janubdagi Qorabalgasun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Boyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm.

Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yilda rus olimi N. M. Yadrinsev Mogulistonning Kosho Saydam vodiysida Kokshin Urxun daryosi boyidan topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan, turk va ozbek tillarida tavsif etilgan.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil