ⓘ Billur saroy -Londondagi inshoot. Muhandislik sanatining noyob namunasi. Gaydparkda Butunjahon korgazmasi ochilishi munosabati bilan yagona nusxada qurilgan. Sa ..

                                     

ⓘ Billur saroy

Billur saroy -Londondagi inshoot. Muhandislik sanatining noyob namunasi. Gaydparkda Butunjahon korgazmasi ochilishi munosabati bilan yagona nusxada qurilgan. Saroy 4 oy da Jozef Pekston loyihasi asosida uch nefpi bazilika uslubida yigma temir bolaklari va shishadan hashamatli qilib bunyod etilgan. Uning asosiy nefi 563 m, eni 124 m, markaziy nefining balandligi 19.5 m ni tashkil qilgan. Bino oldindan tayyorlangan bolaklar - temir ustunlar, shu ustunlarni ozaro biriktirib turgan temir fermalar va oynavand temir romlardan yigib barpo qilingan. Boylama modul sifatida 7.3 m olcham qabul qilingan. Inshoottarxda andozaviy kataklarga bolingan. Katak asosini 122x25 sm olchamli andozalashtirilgan shisha plitalar tashkil qiladi. Bu plitalar temir romlar ichiga olingan bolib, pavilon sinchlarining orasiga shu romlar terib chiqilgan. Faqat inshootning usti yigma yogoch ravoqlar bilan yopilgan. Pavilon binosi yangi texnikaviy uslubda yaratilganligi bilan hammani hayratga solgan va qurilish texnikasining istiqboli timsoli bolib qolgan. U oz salobati va billuriy taassurota tufayli Billur saroy nomini olgan. Korgazma tugagach, Billur saroy Saydenxemga olib kelinib, qayta ornatilgan. 1936 yil yongin natijasida vayron bolgan.