ⓘ Bilor, Bilyar - orta asr shaharlaridan, 12 - 13-asr boshlarida VolgaKama Bulgoriyasinnit poytaxti. Tatariston Respublikasidagi Bilyarsk qishlogi yaqinida haroba ..

                                     

ⓘ Bilor

Bilor, Bilyar - orta asr shaharlaridan, 12 - 13-asr boshlarida VolgaKama Bulgoriyasinnit poytaxti. Tatariston Respublikasidagi Bilyarsk qishlogi yaqinida harobalari saqlangan. Rus yilnomalarida Buyuk shahar deb qayd qilingan. 1236 yil B.ni mogullar vayron qilgandan song ozini avvalgi iqtisodiy ahamiyatini yoqotgan. B. harobalaridan gishtin binolar, qabriston, mahalliy hunarmandlar yasagan turli buyumlar, shuningdek Eron, Movarounnahr, Old Osiyo, Xitoy, Vizantiya, Kavkaz va Rusda ishlangan koplab buyumlar topilgan. 1967 yildan muntazam arxeologik kazishmalar olib boriladi.