ⓘ Bilbao - Ispaniya shim.dagi shahar. Basklar mamlakatida, Biskay provinsiyasining mamuriy markazi. Nervon daryosi boyidagi yirik port va temir yol tuguni, xalqar ..

                                     

ⓘ Bilbao

Bilbao - Ispaniya shim.dagi shahar. Basklar mamlakatida, Biskay provinsiyasining mamuriy markazi. Nervon daryosi boyidagi yirik port va temir yol tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi 369 ming kishi, shahar atrofi bilan birga 950 mingdan ortiq. Mamlakatdagi qora metallurgiya sanoatining muhim markazlaridan. B. atrofida temir rudasiga boy konlar kop. Mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, oyna va toqimachilik sanoatlari rivojlangan. B. orqali chetga temir rudasi, choyan, vino, konserva, mashina va uskunalar chiqariladi; chetdan toshkomir, neft mahsulotlari, yogoch keltiriladi. B.ga 1300 yilda asos solingan. Yangi shahar 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida qurilgan. Unt, oliy texnika maktabi, sanat muzeyi bor. Memoriy yodgorliklardan 14-asr gotika sobori, 1890 yilda qurilgan ratusha saqlangan.