ⓘ Binoiy - shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan. 1487 yilgacha Hirotda adabiyot, sher ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini organgan. Navoiy uning ..

                                     

ⓘ Binoiy

Binoiy - shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan.

1487 yilgacha Hirotda adabiyot, sher ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini organgan. Navoiy uning "bagoyat qobiliyati bor"ligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl korgizgani va "xele ishlar tasiif" qilganini aytgan "Majolis unnafois". B. 1487 yilda Tabrizga ketgan, u yerda Xurramiy, Ogahiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar bilan muloqotda bolgan. 1491 yil Hirotga qaytgan, 1495 yilda Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat "Behruz va Bahrom" masnaviysini yozib tugatgan 1500. Masnaviyda ijtimoiysiyosiy, axloqiytarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bagishlab "Majma ulgaroyib" qasidasini yozgan 1498. Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan, harbiy yurishlarida tarixchi sifatida ishtirok etgan. Shayboniyxon vafotidan song B. Qarshiga kelgan 1510. Safaviylar Movarounnahrga yurish qilib, bu yerda uyushtirgan ommaviy qirgin paytida oldirilgan.

"Shayboniynoma" asarida 15-asr ortalaridan 1505 yilgacha Movarounnahr va Dashti Qipchoqda sodir bolgan voqealar tasvirlangan, "Shahanshohnoma"sida esa Ismoil Safaviyning harbiy yurishlari, 16-asr boshlaridagi Buxoro xonligi bilan Eron ortasidagi munosabatlar ifodalangan. Shoirning 4282 misradan iborat sheriy devoni, "Futuhoti xoniy", "Hikoyati safari Binoiy" kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan "Nohrang" "Toqqiz rang" asari ilmiy va badiiy qimmatga ega.