ⓘ BINGOZI - Liviyadagi shahar va port, Orta dengizning Sidra qoltigidagi qoyali burunning jan. chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi. Xalqaro aeroport bor ..

                                     

ⓘ Bingozi

BINGOZI - Liviyadagi shahar va port, Orta dengizning Sidra qoltigidagi qoyali burunning jan. chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi. Xalqaro aeroport bor. B.ni miloddan avvalgi 446 yilda yunonlar Yevxosperdes, rimliklar Berenike, orta asrlarda Bernik deb atagan. 1450 yilda arablar egallab, uni avliyo Sidi bin Goziy nomi bilan B. deb atay boshladi. 1517 - 1911 yillarda B. Usmonli turklar saltanati tarkibida boldi. 1911 yil okt.da Italiya qoshinlari egalladi va 1942 yilgacha Italiyaning Shim. Afrikadagi harbiydengiz bazasi bolib turdi. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar qattiq shikastlandi. 1942 yildan Britaniyaning harbiy mamuriyati markazi bolgan. 1949 yilda Liviyaning Kirenaika viloyatining markaziga aylantirildi. 1951 yildek.da Liviya podsholigining ikkinchi poytaxti deb elon qilindi. Shundan buyen B. Tripoli shahri bilan navbatmanavbat ikki yildan teng huquqli poytaxt bolib turdi. B.da 1969 yil 1 sentabrgacha podsho qarorgohi bolgan.

B.da Tripolidagi chet el vakolatdenalari va missiyalarining filiallari bor. B. kattaligi va eksport va import hajmi jihatidan mamlakatda Tripoli shahridan keyin turadi chetga teri xom ashyosi, jun chikariladi. Liviyaning Tripoli - Tobruk avtomobil yolidagi muhim savdo va sanoat markazlaridan. B. dengiz, havo, avtomobil yollari orqali mamlakatning ichki r-nlari va xorijiy mamlakatlar bilan boglangan. Metallurgiya, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Sement va asfalt zavodlari bor. Zaytun moyi, meva suvlari, konserva va boshqa mahsu/yutlar ishlab chiqariladi. Dengizdan budut dengiz hayvoni va baliq ovlanadi. B. yaqinidan tuz qazib olinadi. B.da Liviya unti, kollejlar, ilmiy, madaniy markazlar, dam olish va turistik majmualar, muzey, kinoteatr, mehmonxona, kutubxonalar bor. Kurort shahar. B.ning kohna qismida memoriy yodgorliklardan Jome ulKabir masjidi 16-asr va boshqa saqlangan.