ⓘ Biogenetik qonun - organizmlarning individual taraqqiyoti va tarixiy taraqqiyoti ortasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. My ..

                                     

ⓘ Biogenetik qonun

Biogenetik qonun - organizmlarning individual taraqqiyoti va tarixiy taraqqiyoti ortasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller ochgan, E. Gekkel tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonun ga muvofiq tuxum hujayra uruglanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm oz turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, yani ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi dan iborat. Filogenez Gekkel fikricha, ontogenez songida yangi davrlarning paydo bolishi orqali amalga oshadi. Pekin ontogenez cheksiz uzayishi mumkin emas, shuning uchun ontogenezda takrorlanadigan filogenetik davrlar astasekin qisqara boradi. Bundam tashkari, ontogenezning hamma davrlarida yashash muhiti sharoitiga moslashish tufayli yangi belgilar paydo boladi. Rekapitulyatsiyani buzadigan bu belgilarni Gekkel senogenez, ozgarmas belgilar va jarayonlarni palingenez deb atagan. Biogenetik qonun embriologik dalillardan filogenez jarayonini tushuntirishda foydalanishga imkon beradi. Gekkel filogenetik tadqiqotlar uchun uchlik parallelizmi metodini, yani paleontologiya, solishtirma anatomiya va embriologiya dalillarini solishtirishni taklif etadi. Gekkel fikricha, ontogenezda filogenetik davrlar bir butunligicha takrorlanadi. Keyingi tadqiqotlar har bir organizm senogenezi juda kop bolishini va bir butun filogenetik davrlarning rekapitulyatsiyasi mumkin emasligini korsatdi. Faqat ayrim belgilar va jarayonlar rekapitulyatsiya boladi. A. N. Seversov filembriogenez konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unga binoan organizmlar evolyutsiyasi ontogenezning har qanday davridagi irsiy ozgarishlar asosida boradi; filogenez ontogenezning genetik qatoridan iborat, Biogenetik qonun esa faqat onto va filogenez nisbatlarining ayrim tomonlarini aks ettiradi, shuning uchun muayyan tur ontogenezi evolyutsiyada ontogenez songgi davrlarining qoshilishi orqali amal qiladi. Biogenetik qonun butun organik dunyoga tegishli bolib, Darvinning evolyutsion nazariyasini isbotlash va rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.