ⓘ Biogeografiya - tirik organizmlar jamoasi va ular komponentlari ning Yer yuzida tarkalishi qonuniyatlarini organuvchi fan. B. biosfera haqidagi fanlardan bolib, ..

                                     

ⓘ Biogeografiya

Biogeografiya - tirik organizmlar jamoasi va ular komponentlari ning Yer yuzida tarkalishi qonuniyatlarini organuvchi fan. B. biosfera haqidagi fanlardan bolib, unga zoogeografiya va botanik geografiya kiradi. B.ning asosiy bolimlari 18-asr oxiri va 19-asrning 1-yarmida Ekvatorial Afrika, Jan. Amerika va Osiyoning flora hamda faunasini tadqiq qilgan kopdankop ekspeditsiyalar, shuningdek osha davrning naturalistlari, ayniqsa A. Gumboldt, A. Uolles va F. Skleter ishlari tufayli shakllana boshlagan. F. Skleter birinchilar katorida quruqlik yuzasini rayonlashtiradi.

Zamonaviy B. organizmlar va biotsenozlar geogr.si muammolarini ishlab chiqadi. Mac, arealogik B. har xil turlar tarqalgan hududlarni aniqlaydi, ularning areal chegarasida tarqalishini organadi, ana shular asosida malumot va kadastr haritalarini tuzadi. Regional B. floristik va faunistik rayonlashtirish bilan shugullanadi. Hayvonlar va osimliklar areallarini solishtirish hamda biotalarni ajratish va asosiy biomlarning taqsimlanishini tavsiflash asosida kompleks biogeografik rayonlashtirish sxemalari yaratiladi. Ekologik B. geografik oblastlardagi jamoalar biomassasi, biologik mahsuldorligi va ular hayotida organizmlarning ahamiyatini organadi. Tarixiy B. Yerning otmishini jamoalar va ularni tashkil etuvchi organizmlarning tarkalishiga tasirini tekshiradi.

B. osimlik qoplami va hayvonot dunyosi resurslarini muhofaza qilish hamda samarali foydalanish, madaniy fitotsenozlar yaratish, hayvonlar va osimliklarni iqlimlashtirish ishlarini amalga oshirish, kasallik tugdiruvchilar va ularni tashuvchilarga karshi kurashning nazariy asosi hisoblanadi.