ⓘ Biogeokimyoviy provinsiyalar - organizmlar tarkibidagi kimyoviy element ning miqdoriga kora bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalar da ..

                                     

ⓘ Biogeokimyoviy provinsiyalar

Biogeokimyoviy provinsiyalar - organizmlar tarkibidagi kimyoviy element ning miqdoriga kora bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalar da ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq bolishi oqibatida osimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik ozgarishlar roy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitani oz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalar ni Ozbekistonda birinchi bolib M. A. Rish organdi. U Ozbekiston hududini uchta katta Biogeokimyoviy provinsiyalar ga ajratgan: 1. Avtomorf provinsiya gipsli, qumli chollar va tog atrofi chala chollarini oz ichiga oladi. Bu provinsiyalarning tuprogi tarkibida mikroelementlar miqdori kam boladi. 2. Gidromorf provinsiya - qayirlar, katta dare deltalari va yer osti suvlariga yaqin qiyaliklarni oz ichiga oladi. Unda marganes, molibden, bor mikroelementlari toplangan, tuprokda organik elementlar miqdori yetarli boladi. 3. Toglik va interzonal provinsiyalarga Zarafshon, Turkiston tizmalari va ularning garbiy tarmoklari atrofi kirdsi. Ayrim joylardagi tuproklar molibden, vanadiy, xrom va boshqa mikroelementlarga boy. Tuprokdagi mis miqdoriga binoan Ozbekiston hududi yana 2 katta provinsiyaga bolinadi: 1. Mis kam bulgan provinsiya - bu yerdagi hayvonlar kopincha enzootik ataksiya va dermatit kasalliklariga yoliqadi. Ozbekistonda xronik formadagi bu kasalliklarni xalq burang, boriq, belangi, belqurti, boyqush xatlagan, chonqayma deb ataydi. Bu kasallik kopincha qozi va uloklarda uchraydi. 2. Mis miqdori ortacha bolgan provinsiya; bu yerdagi chorva mollari kup kasallanmaydi. Joylarni Biogeokimyoviy provinsiyalar ga bolish q. x.da kimyoviy elementlardan ratsional foydalanishda, zootexnikada va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega.