ⓘ Bioindikatorlar - soni yoki rivojlanish xususiyatlarining ozgarishi orqali yashash muhitida sodir bolayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen ozgarish ..

                                     

ⓘ Bioindikatorlar

Bioindikatorlar - soni yoki rivojlanish xususiyatlarining ozgarishi orqali yashash muhitida sodir bolayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen ozgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Kopchilik organizmlar yashash muhiti omillari ga juda sezgir bolib, bu omillar muayyan, kopincha cheklangan chegarada ozgargandagina hayot kechira oladi. Maye, dengizda baliqchi qushlarning toplanishi baliqlar todasi kelayotganligini korsatadi. Maxsus plankton va bentos organizmlari esa suv massasi va oqimining paydo bolishi yokisuvhavzasiningshorlanganlik darajasi, harorati va boshqa xususiyatlarining korsatkichi hisoblanadi. Lishayniklar va ayrim ninabarglilar atmosfera havosi, buloqchilar va bahorikorlar lichinkalari suv havzalari tozaligining B. hisoblanadi. Tuprokda yashaydigan bir qancha mikroorganizmlar va osimliklardan foydali qazilma boyliklarni qidirib topishda B. sifatida foydalaniladi. Tuproq hayvonlari kompleksiga binoan tuproq tiplari va ularni odamning xojalik faoliyati tasirida ozgarishini aniklash mumkin. B. yordamida substratda vitaminlar, antibiotiklar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar bolishini, har xil kimyoviy moddalar hamda fizik omillar intensivligini baholash, shuningdek uzok, tarixiy jarayonlarni tariflab berish mumkin. Maye, Qizilqum quduqlarida chiganoqli bir xujayralilarning topilishi hozirgi qumlik chol ornida qadimda dengiz bolganligidan darak beradi. Tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini nazorat qilib borish B.dan foydalanishning eng muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Maye, suvlar florasi va faunasi tarkibi, ulardagi ayrim turlarning miqdoriy korsatkichlariga binoan suvlarning ifloslanish darajasi va xususiyatlari, ularni ichishga yoki xojalik maqsadlarida foydalanishga yarokligi hamda tozalash inshootlarining samaradorligiga baho berish mumkin. Kosmonavtikada B. yordamida kosmik fazoda tirik organizmning normal hayot kechirishiga yordam beradigan sistemalar sinab koriladi. Mac, 1966 yil "Kosmos 110"da itlarni uchirish orqali kosmos da uzoq uchish paytida organizmda sodir boladigan ozgarishlar va kosmik kema biologik sistemasi tekshirib koriddi. B. orqali olingan malumotlar kosmik uchish apparatlaridagi avtomatik sistemalarni insonning hayoti uchun qulayligini aniklash va xavfli vaziyat paydo bolganida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.