ⓘ Bioiqlim atlasi - ochiq havoda va meteorologik omillar majmui muhitida odamga tasir korsatadigan iqlim korsatkichlarining muayyan hudud doirasida taqsimlanishin ..

                                     

ⓘ Bioiqlim atlasi

Bioiqlim atlasi - ochiq havoda va meteorologik omillar majmui muhitida odamga tasir korsatadigan iqlim korsatkichlarining muayyan hudud doirasida taqsimlanishini aks ettiradigan haritalar toplami. Mintaqaning birinchi Bioiqlim atlasi 1973 yilda V. A. Bugayev nomidagi Orta Osiyo gidrometeorologiya i. t. institutida tayyorlangan. Atlas mintaqa hududida otkazilgan kop yillik bioiqlimiy va meteorologik tadqiqotlar hamda kuzatishlar natijasida toplangan materiallar asosida tuzilgan 136 haritadan iborat. Atlasda: havo harorati; togri quyosh radiatsiyasi intensivligi; odam tanasining qisqa tolqinli, uzun tolqinli va umumiy radiatsiya balansi; odam tanasi bilan havo ortasidagi konvektiv issiqlik almashinuvi; terlash natijasida sarf boladigan issiqlik va suv, jumladan, ochiq havoda 1 va 2ish smenasida terlash orqali sarflangan suv miqdorining yigindisi; ekvivalentsamarali harorat va boshqa Atlasda odam issiqlik balansi usulining nazariy asoslari, ularda bioiqlimiy korsatkichlarning fazoviy taqsimlanishidagi asosiy qonuniyatlar bayon etilgan.