ⓘ Biokompyuter - ota tezkor va katta integratsiya koeffitsiyentiga ega bolgan biomikrosxemalar asosida yaratilgan elektron hisoblash mashinasi. B. yaratish uchun ..

                                     

ⓘ Biokompyuter

Biokompyuter - ota tezkor va katta integratsiya koeffitsiyentiga ega bolgan biomikrosxemalar asosida yaratilgan elektron hisoblash mashinasi. B. yaratish uchun molekulyar elementlar va molekulalar tizimi ni loyihalash, molekulyar elementlardan eng kop foydalanuvchi yangi biomikrosxemali texnikani ishlab chiqish va bioqurilma hamda tizimlarni ishlab chiqarishning tamoman yangi texnologiyasini, mas, submikron va nanotexnologiya kabi jarayonlarni ishlab chikish zarur. Hozirgi vaqtda bu yonalishlarda anchagina muhim nazariy va amaliy natijalarga erishilgan. B.larning turli loyihalari mavjud. B.ning asosiy qismlari: axborotni matritsaviy parallel usulda kiritish qurilmasi; molekulyar tezkor xotiraga ega bolgan molekulyar mikroprotsessor; axborotni optik usulda kiritish va chiqarish qurilmalari. Axborotlarni toplash, tarqatish, ularga ishlov berish va boshkaruv tizimlari kabi qurilmalar B. asosida loyihalansa, har tomonlama ixcham va iqtisodiy jihatdan arzon bolgan kop funksiyali biokomplekslarni ishlab chiqish imkoniyati paydo boladi. B. va biokomplekslar yaratish yuzasidan ilmiytexnikaviy izlanishlar, ayniqsa, biosxemotexnika va yangi texnologik jarayonlar bilan bogliq ishlar olib borilmoqda.