ⓘ Biologik himoya usuli - - zararkunanda hasharotlarni yoq qilish yoki ularning sonini q. x.ga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydal ..

                                     

ⓘ Biologik himoya usuli

Biologik himoya usuli - - zararkunanda hasharotlarni yoq qilish yoki ularning sonini q. x.ga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydalanish. 6u usulning mohiyati q. x. ekinlari chararkunandalari bilan ularning parazitlari hamda yirtqichlari, shuningdek bakterial, zamburugli, virusli va aralash kasalliklarni qozgatuvchilari ortasI" dagi tabiiy antagonistik qaramaqarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishdan iborat. B. h: u.ni ishlab chiqish va tatbiq qilish quyidagi yonalishlarda olib boriladi: akarifag va mikroorganizmlar tabiiy populyatsiyalarining foydali faoliyatini organish va undan foydalanish; foydali organizmlarni saklash, ular sonini kopaytirish va tasir samarasini oshirish sharoitlarini aniqlash; yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalarning yangi turlarini iklimlashtirish; foydali organizmlarni yashash areali ichida kochirish; entomofaglar va akarifaglarni kop miqdorda suniy kopaytirish va tabiatga qoyib yuborish ; mikrobiologik preparatlarni qollash.

Fiziologiya, ekologiya, biokimyo, genetikaza mikrobiologiya sohasidagi tadqiqotlar Biologik himoya usuli u.ning feromonlar va gormonlar, nur bilan hamda kimyoviy sterillash bepusht qilish, duragaylash, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish bilan bogliq bolgan yangi istiqbolli yonalishlarini belgilab berdi.

Bir organizmga qarshi kurashda boshqasidan foydalanishga qadimdan urinib kelingan. Mac, Qad. Xitoyda sitrus osimliklari zararkunandalariga qarshi yirtqich chumolilarni qollash sohasida muvaffaqiyatli tajribalar otkazilgan. Ozbekistonda Biologik himoya usuli u. rivojiga V. V. Yaxontov, P. P. Bogush, V. P. Nevskiy, A. N. Lujeskiy, M. N. Narziqulov, F. M. Uspenskiy va boshqa katta hissa qoshdilar. Biologik himoya usuli u.da samarali natija beradigan entomofaglardan - afelinus, psevdafikus, rodoliya, kriptolemus qonli bit va cherveslarga, telenomus xasvaga, trixogramma kuzgi tunlam, goza tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi iqlimlashtirildi.

Biologik himoya usuli u.ning nazariy va amaliy sohasida erishilgan yutuqlar bu vositalar turini kopaytirish hamda ularni qollash hajmini oshirish imkonini berdi.

Entomofaglar sistematikasi, ular tarqalishini organish hamda Biologik himoya usuli u.ning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bogliq bolgan tadqiqotlar Ozbekiston FA ning i. t. institutlarida olib boriladi. 2000 yilda Ozbekistonda 5.079 mln. ga maydonda qayta ishlov berish hisobi bilan zararkunanda hasharotlarga qarshi Biologik himoya usuli u. qollanildi. Respublika qishloq xojaligida Biologik himoya usuli u.ni qollash boyicha jahonda oldingi orinlarni egallaydi.

Ad: Trixogrammani urchitish, saqlash va qollash. T., 1999; Yirtqich gallitsa afididizi pashshasini urchitish va qollash. T., 1999.

Zohid Odilov, Mahmudjon Yunusov.