ⓘ Biofabrika, biokombinat - osimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona otlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan biopreparatlar va entomofaglar ishlab ..

                                     

ⓘ Biofabrika

Biofabrika, biokombinat - osimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona otlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan biopreparatlar va entomofaglar ishlab chiqaruvchi, shuningdek uy hayvonlari kasalliklarini aniklash, oldini olish va davolash uchun biopreparatlar tayyorlovchi korxona. Ozbekistonda dastlabki B. lar 1972 yilda tashkil etilgan. 1978 yildan sugorma dehqonchilik mintakalaridagi B.da, asosan osimliklarning zararkunanda tunlamlariga qarshi qollaniladigan trixogramma va boshqa kopaytiriladi. Ozbekistonda 526 xojaliklararo mexanizatsiyalashgan B. liniyalari mavjud. Trixogrammani kopaytirish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi: tuxumi uchun don kuyasini va trixogrammani kupaytirish. Bu ishlarni amalga oshirish uchun B.da donni don kuyasi bilan zararlash, kopaytirish va kapalaklarni yigib olish sexi hamda don kuyasi tuxumlarini trixogramma bilan zararlash sexi quriladi. Don kuyasini kopaytirish bokslari bir-biri bilan hasharotni otkazuvchi yol opkali tutashtirilgan: bu yoldagi havo oqimi kapalaklarni kuya yiqqichga toplaydi. Kassetalarga joylashtirilgan kapalaklar tuxum qoya boshlaydi, tuxumlar har kuni yigib olinadi va ortiqcha aralashmalardan tozalanadi. Don kuyasining tuxumlari trixogramma bilan namlik, harorat va yorugligi sozlab turiladigan maxsus moslamalarda zararlanadi. Rivojlanishning imagodan oldingi bosqichini tugatgan trixogrammalar sovuq kameralarga yigiladi va shu yerdan xojaliklarga jonatiladi. B.da trixogrammani butun yil davomida kopaytirish mumkin. Bir sentner arpa yoki makkajoxori donidan 600 - 1400 g don kuyasi tuxumi olinadi. Bir boksning ishlab chiqarish unumdorligi 300 grammgacha. Biofabrika texnologiyasi davri besh marta davom ettirilsa 1500 g tuxumxur trixogramma olish mumkin. Bu esa 440 - 500 ga paxta maydonga ishlov berish uchun yetadi.