ⓘ Biofizika, biologik fizika - biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga tasir kursatadigan har xil fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etil ..

                                     

ⓘ Biofizika

Biofizika, biologik fizika - biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga tasir kursatadigan har xil fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etiladigan obyekt tuzilishi darajasiga binoan B.ni molekulyar B., hujayra B.si, murakkab biologik sistemalar B.siga ajratiladi. Molekulyar B. makromolekulalar va boshqa muhim biologik birikmalar tuzilishi va funksional xususiyatlarini; hujayra B.si hujayra hayotiy faoliyati asosini tashkil etadigan fizikkimyoviy jarayonlar hamda hujayra tarkibiga kiradigan struktura elementlari ning ahamiyatini; biologik sistemalar B.si toqima, organizm va tabiiy jamoalarda sodir boladigan biologik jarayonlarning ozaro tasiri va boshqarilishini hamda matematik modellashtirilishini organadi. Organish obyekti va metodlariga kora B. molekulyar biol., bioorganik kimyo, biokimyo fanlariga yaqin bolganidan kopincha bu fanlar bilan birga fizikkimyoviy biol.ga birlashtiriladi.

B. biologik tushunchalarning fizika, fizik kimyo hamda mat. goyalari va metodlari bilan ozaro kirishuvi tufayli vujudga kelgan. Mexanika qonuniyatlarini organizmni organishga qon aylanishi, tovush va yoruglikni sezish tatbiq qilishga urinish birinchi marta 17-asrda sodir bolgan. 18-asr oxirida L. Galvani va A. Volta tomonidan "hayvon elektri"ning kashf etilishi fizikkimyoviy hodisalarni organishda katta ahamiyatga ega boddi. 19-asr va 20-asr boshlarida organizm energetikasi prinsiplari Yu. R. Mayer; korish va eshitish organlari ishlashining fizik asoslari hamda biologik strukturalar bilan yoruglikning ozaro tasiri, toqima va hujayradagi osmotik va bioelektrik hodisalar tugrisidagi asosiy tushunchalarga asos solindi. Ochiq biologik sistemalar termodinamikasi, energetik jarayonlardagi energiya ozgarishlari hamda membranasi orqali transport qilinishi va u bilan bogliq bioelektrik hodisalar, muskul qisqarishi va boshqa harakat shakllari G. M. Frank, fotobiologik jarayonlar A. N. Terenin, A. A. Krasnovskiy B.ning rivojlanib kelayotgan sohalari hisoblanadi. Biologik sistemalarning uzuzini tashkil qilishi va boshqarilishi ham xuddi shunday sohalar qatoriga kiradi.

Bunday tadqiqotlar B.ni kibernetika va xronobiologiya bilan boglaydi.

Ozbekistonda B. ga oid tadqiqotlar 20-asrning 60- yillarida Ozbekiston FA Yadro fizikasi institutida, OzMUning biokimyo, keyinchalik B. kafedralarida boshlangan. Asosiy tadqiqotlar ionlarning faol transporti, membrana funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi, membrana faol birikmalarining tasir mexanizmini aniqlashga bagishlangan. Tadqiqotlarda Na K - ATFaza ferment sistemasi barcha hujayralarning plazmatik membranasi uchun umumiyligi, buyrak nefronlari fiziologik xususiyatlari transport fermentlari kinetik xususiyatlari bilan bogliqligi aniqlandi B. O. Toshmuhamedov, 3. U. Bekmuhamedova. Membrana B.sining elektrogenez mexanizmlari; ilon, chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab utkazuvchi neyrotoksinlar; umurtqalilar va hasharotlar sinapslari glutamat neyroreseptorlari organildi P. B. Usmonov, suniy qoshqavatli membranalarni rekonstruksiya qilish amalga oshirildi E. M. Mahmudova. Shuning bilan birga membranalarda oqsil va lipidlarning ozaro tasiri T. F. Oripov, membrana fermentativ katalizi M. M. Rahimov, membranalarning radiatsiya bilan shikastlanishi A. Q. Qosimov, mitoxondriyalar ion regulyatsiyasi, mitoxondriya va butun hujayradagi bioenergetik jarayonlarning fiziologik regulyatsiyasi A. I. Gagelgans, M. X. Zaynutdinov organilgan. Ozbekistonda B.ga oid ilmiy tadqiqotlar FA Fiziologiya va biofizika institutida, OzMUning biofizika kafedrasida va boshqa oliy oquv yurtlari kafedralarida olib boriladi. B.ning kop sohalari tibbiyot, q. x. va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.

Bekjon Toshmuhimedov, Mahmud Qosimov.