ⓘ Bistomiy, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy - 875 - Eron tasavvuf oqimining asoschilaridan biri. Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabu ..

                                     

ⓘ Bistomiy

Bistomiy, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy - 875) - Eron tasavvuf oqimining asoschilaridan biri.

Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabul qilgan zardushtiylardan bolgan, butun umrini asosan Bistomda otkazgan. Vafotidan keyin uni Sulton alorifin laqabi bilan atay boshladilar. B. talimotiga kora, inson zikr holatida ozligini unutadi galaba va xudo ishqvdan mast bolib sukr butun vujudini histuygu qamrab oladi, pirovardida u xudo bilan butunlay qoshilib ketadi. Bunday holatni u fano mavjudlikni yoqotish deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati bolgan "sen mendirsan, men esa sendirman" iborasining tarifini berdi. Buning manosi shundaki, goyo shaxs ozligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi, ilohiylik esa shaxsiyatga aylanadi. Bunday xulosa ananaviy islom tarafdorlarining ashaddiy qarshidigiga uchradi va uni xulul xudolik davosini qilishda aybladilar. B. tasavvufning ayrim tushunchalarini ishlab chiqqan bolsa ham, ozining bir butun ilohiy tazimdagi talimotini yaratmadi. U ilohiy lohut va insoniy nosut ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, yani manaviy va moddiy ibtidoni bir-biriga qoshishga intiddi. B. ozidan asar qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim tasavvuf kishilari B. obroyidan foydalanib ozlarining shariatga unchalik togri kelmaydigan fiqolarini B. fikri deb korsatishga uringanlar.